Bir kuni afandi
Shahar hokimi Afandiga buyurdi:
— Menga bir bahaybat, qopag`on it topib keling!
Afandi esa, buyruqning aksini qilib, yuvosh bir it topib keldi. Hokim Afandini koyidi:
— Men sizga «qopog`on it topib keling!» desam, juda yuvosh itni olib kelibsiz.
Afandi beparvo javob berdi:
— Taqsir, xotirjam bo`ling, bu janoblarining oldida besh-olti kun tursa, o`zlaridan ta’lim olib, zanjirini ham uzadigan bo`lib ketadi.

Afandining xotini o`lib, bir tul xotinga uylandi. Bu xotin bo`lar-bo`lmasga janjal ko`tarar...
— O`lgan erim undoq edi, bundoq edi, — deb yig`lar edi.
Afandi bir kuni undan balandroq ovoz chiqarib yig`ladi. Xotin hayron bo`lib so`radi:
— Men-ku o`lgan erimni eslab yig`layapman, siz nega yig`laysiz?
Afandi piq-piq yig`lab turib javob berdi:
— Agar o`sha sho`rlik ering o`lmaganda, sen tul qolmagan bo`lar edingu, myen senga uylanmagan bo`lar edim...

Afandi zamonning zayli bilan boshqa bir shaharga borib qoldi. U bozorni tomosha qilib yurgan edi, holvapurushning do`konida turgan har xil holvalarga ko`zi tushib qoldi. Afandining og`zidan suvi keldi-da, holvalardan olib, yeyaverdi.
Buni ko`rgan holvapurush qo`liga kaltak olib, uni savalay boshladi.
Afandi tayoqning zarbini pisand qilmasdan, holvani to`yguncha yedi, keyin:
— Bu shahar xo`p ajib shahar ekanu, holvapurushlari odamni urib holva yedirgani yomon ekan, - deb keta berdi.

Afandi eski devor yonidan o`tayotgan edi, arilar uni talab qoldi. Afandi qanchalik qochib, arilarni haydasa, ular shunchalik yopishar edilar. Oxiri achchig`lanib yaxtagini yechdi-da, ari uyaga yaqin borib dedi:
— Chaq-a, padaringga la’nat, armoning qolmasin!

Kechasi Afandining mahallasiga o`t ketib, aholi qo`shni mahallaga ko`cha boshladi. Hamma ko`ch-ko`lonini aravaga ortib jo`naganda, Afandi bir sholcha, ikki ko`rpa, ikki bolishni orqalab yo`lga tushdi.
Yo`lda hammahallalardan biri Afandining ko`chini ko`rib so`radi:
— Bor ko`chingiz shumi? Bu qanaqa ro`zg`or? Afandi javob berdi:
— To`rt qiz chiqarganning ro`zg`ori!

Afandining oshnasi undan so`radi:
— Mulla Nasriddin, bola-chaqangiz ko`pmi?
— Bolam ko`pu, chaqam kamroq,— deb javob berdi Afandi.

Afandidan birov so`radi
— Afandi, muchalingiz nima, necha yoshga kirdingiz?
— Muchalim ajdar, ellikka kirdim.
— Muchalning ilon bo`lishini eshitib yurardimu, ajdar bo`lishini shu yoshga kirib, endi sizdan eshitishim,
Afandi tushuntirib berdi:
— Yoshligimda onam rahmatlik, sening muchaling ilon degan edilar. Hozir ellikka kirdim, ellik yil ichida har qanday ilon ham ajdar bo`lib ketadi-da.

Afandi ikki og`aynisi bilan ovga chiqibdi. Buni qarangki ularning yoniga bir sehrgar kelib:
— Tila tilagingni, agar bajo aylasam, seni joningni olaman, bajo aylay olmasam senga bitmas tugalmas xazina beraman, - debdi.
Shunda Afandining birinchi og`aynisi:
— Suvdagi baliqni olib ber, - debdi.
Sehrgar buni amalga oshiribdi va uning jonini olibdi.
Navbat Afandining ikkinchi og`aynisiga yetib kelibdi.
Ikkinchi og`aynisi:
— Uchib ketayotgan qushni so`rabdi.
Sehrgar bu tilakni ham amalga oshiribdi va uning jonini olibdi.
Navbat endi Afandiga kelganida, afandi nima deyishni bilmay, havoni buzibdi va shunday debdi:
— Shu havoni menga tutib ber, - debdi.
Sehrgar bu tilakni bajo aylay olmabdi va xazinani Afandiga topshiribdi.

Afandi eshak o`g`irlatganini eshitib, uzoq-yaqindan oshna-og`aynilari kelib ko`ngil so`rashdi. Ularga osh-suv qilish uchun Afandining eshak narxidan o`n hissa ortiqroq puli ketdi. Bu ham yetmaganidek, bir ezma oshnasi kelib Afandiga har turli savollar bera boshladi.
— Afandi, eshagingizni bir kishi o`g`irladimi, ko`pchilikmi, eshakni minib ketdimi, yetaklab ketdimi? Eshak ostonadan o`ng oyog`i bilan chiqdimi, chap oyog`i bilan chiqdimi?
Afandi unga javob berdi:
— Yanagi safar eshak o`g`irlatadigan bo`lsam, sizni aytib kelaman, hammasini o`z ko`zingiz bilan ko`rasiz.

Poshsho saroyidagi hamma a’yonlar Afandini yomon ko`rardilar. Ular poshshoga Afandining ustidan g`iybat qilishar, uning haqida turli-tuman uydirmalar tarqatishar edi. Biroq Afandi bilan uchrashganlarida hamisha o`zlari sharmanda bo`lishardi.
Bir kuni ular to`planishib poshshoning oldiga kirishdilar-da, Afandining og`zi sassiqligiga uni ishontirmoqchi bo`lishdi. Ig`vo ustiga tasodifan Afandi kelib qoldi. A’yonlarning rangi-quti o`chib, damlari ichiga tushib ketdi.
Poshsho haqiqatni bilmoqchi bo`lib Afandidan so`radi;
— Qani, yaqinroq o`tirchi, a’yonlar senga qattiq kasallik yo`liqqan deydilar, rostmi?
— Shohim, ularning hammasi mening qadrdon do`stlarim, ular yolg`on gapirishmaydi, eshitaychi, ular nimalar deyishdiykin?
— Bularning aytishlaricha, sening og`zing yomon sasib ketgan emish.
— Ularning gaplari juda to`g`ri, shohim,— dedi Afandi,— hozirgacha men ularning xiyonati, ahmoqona qiliqlarini birovga aytmay ichimga yuta berganimdan, o`sha illatlar ichimda sasib, og`zimdan chiqmoqda.