Bir kuni afandi
Bir kuni shiringina Latifa, oyisidan so`rabdi:
— Oyijon nimaga meni ismimni Latifa qo`ygansiz? - desa
Afandi dadasi:
— Oying Tabassumxon, men Afandi bo`lganimdan keyin, sen ham Latifa bo`lasande qizim, — dermish

Afandi bir poshshoga baliq sovg`a qildi. Poshsho bu sovg`a uchun Afandiga xazinadan bir tilla in’om qildi. Afandi chiqib ketishi bilan vazir poshshoga dedi:
— Har kim baliq ko`tarib kelsa bir tilladan beraversangiz xazina bo`shab qoladi-ku?
— Darvoke, aytganingiz to`g`ri. Nima qilish kerak?
— Darhol Afandini qaytarib kelishni buyuring,— dedi vazir.
Poshsho Afandining ketidan odam yubordi-da, vazirga dedi:
— Tillani qaytarib ber desak kanday bo`lar ekan?
— Buning iloji oson,— dedi vazir,— Afandidan balig`ing erkakmi, urg`ochimi deb so`raysiz, urg`ochi desa, «Menga erkak baliq kerak» deysiz, erkak desa, «Menga urg`ochi baliq kerak» deysizu tillani qaytarib olasiz.
Afandi keldi. Poshsho undan so`radi:
— Balig`ing erkakmi urg`ochimi?
Afandi poshshoning niyatini payqab:
— Balig`im xunasa edi,— deb javob berdi.
Poshsho uning ziyrakligiga qoyil qolib, yana bir tilla in’om qildi.

Podsho Afandiga bir eshakni mulla qilib berasan, deb topshirdi. Afandi o`n yil muddat bilan xizmat haqiga ming tilla so`radi. Podsho Afandining taklifiga ko`ndi va shunday shart qo`ydi:
— Aytgan muhlatingda eshakni mulla qilib bermasang boshingni olaman! Afandi ham shartga rozi bo`ldi va ming tilla bilan eshakni olib uyiga jo`nadi. Afandi voqeani xotiniga aytib bergan edi, u juda qo`rkib ketdi.
— Voy, sho`rim qursin, eshak ham mulla bo`ladimi?
— Ey, xotin! — taskin bera boshladi, Afandi,— nimaga qo`rqasan, o`n yilgacha kim boru kim yo`q, yo Podsho o`ladi, yo eshak.

Podsho bir marosimda atoqli odamlarga to`n kiygizdi va Afandini masxara qilish uchun unga eshakning to`qimini berdi. A’yonlar qatori Afandi ham podshoni duo qilib, minnatdorchilik bildirdi, so`ng bunday dedi:
— Sizlarga shohim odamlar kiyadigan to`n berdilar, menga esa, shohona lutf-karamlar qilib, o`z kiyimlarini yechib berdilar.

Shahar hokimi ovqatdan boshqa narsani sira o`ylamas edi. Bir kuni u shaharning ko`zga ko`ringan odamlarini chaqirib, ulardan bilgan ovqatlarining nomini yozib berishini talab qildi.
Ular orasida Afandi ham bor edi. U hokimdan ertalabgacha muhlat olib ketdida, nonushtada kelib hokimga arz qildi:
— Asal bilan sarimsoq piyoz qo`shib qovurilsa, ajoyib ovqat bo`ladi.
Hokim darhol oshpaziga o`shanday ovqat tayyorlashni buyurdi.
Ovqat keltirilgach hokim bir qoshiq yedi-da, Afandiga qarab qichqirdi:
— O`zing topgan ovqatingni o`zing ye, ahmoq! Afandi noiloj yeya boshlagan edi, hokim so`radi:
— Qalay, ajoyib lazzatli ovqat ekanmi?!
— Taqsir, men buni faqat o`ylab ko`rgan edim, xolos. Biror marta bunday ovqat qilib yegan emasman. Endi bilsam, xayol haqiqatga to`g`ri kelmas ekan,— javob berdi Afandi.

Afandi bir qurumsoq boyda qarollik qilar edi. Bir kuni boy mehmonga ketayetib, Afandiga qiladigan ishlarni tayinladi:
— Qo`y, sigir, tovuqlarga yaxshi qara! Tovuqlarning boshi yerdan, mol, qo`ylarning boshi oxurdan uzilmasin! Hovli sahnini tozalab, yog` tushsa yalagudek qilib qo`y!
Xo`jayin ketgach, Afandi tovuqlarni parvarish qila boshladi, har qancha don bersa ham tovuqlar uni yeb bo`lib, darhol boshini yerdan ko`tarar edilar. Achchig`langan Afandi tovuqlarni tutib hammasining boshini uzib, yerga tashladi «mana, endi yerdan ko`tarilmaydigan bo`ldi» dedi o`z-o`ziga. U molxonaga kirib, qo`y, mollarni parvarish qila boshladi. Ammo ular ham yem-xashakni yeb bo`lib, boshlarini oxurdan ko`tarishar edilar. Afandi hayvonlarning ham boshini kesib, oxurga tashladi va «endi, oxurdan ko`tarilmaydigan bo`ldi», dedi o`zicha. Bu ishlardan bo`shagach, hovlini supurdi-da, boyning xumdagi yog`ini eritib yerga sepdi. Ishlarni saranjomlagach, endi dam olishga o`tirgan ediki, boy qaytib keldi, ahvolni ko`rib baqirdi:
— Bu nima qilganing, haromzoda!
— Xo`jayin, topshiriqlaringizni jonu dil bilan bajardim, mana, mollarning boshini oxurdan, tovuqlarning boshini yerdan uzilmaydigan qilib qo`ydim. Hovlingizni shunday tozaladimki, ishonmasangiz, mana yog` ham sepdim, yalab ko`ringchi,— dedi Afandi

Afandi eshagini haydab, bog`iga ketar edi. Yo`lda hazilkashlaridan biri hamroh bo`lib so`radi:
— Ikkalangiz shoshilib qayerga ketayapsiz?
— Mana, hozir ikkalangiz barobarlashdingiz, - dedi Afandi u bilan eshak orqasidagi masofani ko`rsatib, - bir oz turib do`stlashib ketasiz, o`zidan so`rang, qayerga borishini aytib beradi.

Afandining ko`zi xira bo`lib qolgan edi, odamlar unga ko`proq yong`oq yeyishni maslahat berishdi. Afandi bozordan yarim qadoq yong`oq olib, asta chiqib ketayotgan edi, ro`parasidan bir bola chiqib salom berdi. Afandi alik olib, bolaga bitta yong`oq berdi-da, sevinib dedi:
— Salom bergan bolalarni juda yaxshi ko`raman. Qani endi, boshqa bolalar ham senga o`xshash salom berishni bilishsa!
Bola nariroqqa borib ingichka ovozda salom berdi, Afandi yana yong`oq uzatdi, ko`chaning o`rtasiga yetmasdanoq bola yo`g`on tovushda salom berib, yana bir yong`oq oldi, tor ko`chaga burilmasdan xirillagan tovush bilan salom bergan edi, Afandi bilib qolib:
— Salomni yong`oqqa alishib yeb, tomog`ing og`rigan shekilli, tovushing chiqmayotibdi, yong`oq yema!— dedi.

Bir sodda odam Afandidan so`radi:
— Afandi, janoza o`qilayotganda tobutning o`ng tomonida turgan savobmi, chap tomonida?
Afandi javob berdi:
— Ikkala tomonida tursang ham savob, faqat tobutning ichida bo`lmasang bas!

Afandi qozilik qilib turganda, bir dehqon bilan duradgor arzga keldilar. O`z foydasiga hukm chiqarishini iltimos qilib duradgor Afandiga eshik, dehqon esa ho`kiz pora berdi. Afandi masalani kimning foydasiga hal qilish haqida ko`p o`ylanib, oxiri dehqon foydasiga hukm chiqardi.
Bundan xafa bo`lgan duradgor:
— Taqsir, bizning eshik nima bo`ldi? - deb so`radi.
— Eshigingizni ho`kiz suzib sindirib qo`ydi, - javob berdi Afandi.