Bir kuni afandi
Kitob sotuvchi xaridorlardan biriga «Kulgili hikoyalar» kitobini uzatib:
— Shu kitobni oling, juda qiziq, kulaverib o`lasiz,— dedi.
— O`zingiz bu kitobni o`qiganmisiz?—so`radi xaridor.
Ularning gapiga quloq solib turgan Afandi kitob sotuvchiga ishora qilib:
— O`qigan bo`lsa tirik qolarmidi,— dedi.

Afandining bir oshnasi og`zi latta bilan bog`langan bir xumchani omonat topshirib:
— «Buning ichida voyvoyakning bolasi bor, og`zini ocha ko`rmang, uchib ketib qoladi» deb, tayinladi.
U ketgandan keyin, Afandi «voyvoyakning bolasi qanaqa bo`lar ekan» deb, xumchani ochdi, qarasa: ichi to`la asal.
Afandi bir tatib ko`rishi bilanoq xumchaning yonidan ketmay qo`ydi, uch kun qorni og`ridi.
Besh-olti kundan keyin egasi kelib xumchani so`radi. Afandi olib chiqdi. Egasi xumchani ko`tarib ko`rib:
— Afandi, men ketgandan keyin xumchani ochib, voy-voyakning bolasini uchirib yuboribsiz, shekilli,— dedi.
— To`g`ri,— dedi, Afandi,— uchib chiqib uyasini topolmay, qornimga kirgan ekan, uch kundan beri mening og`zim bilan voyvoylaydi.

Afandining bir kamsut, qisir qolgan, suzong`ich sigiri bor edi. Uni yetaklab bozorga sotgani olib bordi. Afandi bozorda turib xaridor chaqirar edi:
— Bir qoshiq suti bor, xolos, qisir qolgan, orqadan kelganni tepadi, oldidan kelganni suzadi, kim olsa puliga kuyadi!
U kechgacha shu xilda javrab turdi, birorta xaridor Afandining yoniga yo`lamadi. Afandining rostgo`y, soddaligidan hayron bo`lgan bir dallol kelib sigirni sotib bermoqchi bo`ldi-da; sigirni maqtay ketdi.
— Kunda to`rt tovoq sut beradi, qornida to`qqiz oylik bolasi bor, erta-indin tug`adi, qo`ydan ham yuvosh, kimki olsa foyda qilib, pulidan baraka topadi.
Dallolning so`zini eshitib, xaridorlar kela boshladi. Afandi sigirni dallolning qo`lidan olib:
— Sigirimda bunday xislatlar bor ekan, sotib nima qilaman,— dedi-da, yetaklab bozordan chiqib ketdi.

Podsho, vazir va Nasriddin Afandi ovga chiqishdi. Yo`lda podsho ustidagi chakmonini yechib Afandiga berdi. Buni ko`rgan vazir ham chakmonini yechib Afandiga uzatdi. Podsho Afandiga tegajog`lik qilib:
— Afandi, ustingizdagi bir eshakning yuki bo`ldi-mi? - dedi.
Afandi darhol:
— Yo`q, shohim, ko`rib turibdilar-ku, ikki eshakning yuki! - deb javob berdi.

Afandini qozilik lavozimiga qo`ymoqchi bo`ldilar. Uni oldin podsho ulamolar o`rtasida imtihon qilib ko`rish kerak edi. Afandini chaqirib kelishdi.
— Faraz qilaylik, bir odamning echkisi bor,— dedi podsho Afandiga,— uni bozorga olib bordi. Bir odamga «bor baraka top» qilib sotdi. Hali pulini olguncha bo`lmay, echki qo`lidan chiqib qochdi. Bir odam uni ushlayman degan edi, echki suzib, uning ko`zini chiqardi. Endi bunga pulni kim to`laydi? Sotuvchimi, oluvchimi?
Afandi dovdirab qoldi. Keyin tavakkaliga:
— Sotuvchi...— deb yubordi.
— Sabab?
— Chunki «echkim suzog`ich, qochganda tutaman degan kishining ko`zini chiqazib ko`r qiladi»— deb avvaldan aybini aytmagan.

Podsho bir kuni Afandidan so`radi:
— Afandi, mening qadr-qimmatim qancha bo`lar ekan?
Afandi o`ylanib turib javob berdi:
— Qadr-qimmatingiz yuz tilladan oshmaydi. Podshoning achchig`i kelib, g`azab bilan qichqirdi:
— Nega mening qadr-qimmatimni bunchalik pastga urasan, belimdagi kamarimning o`zi yuz tilla-ku!
— O`zingizni bosing, Podsho,— dedi Afandi,— shuning uchun yuz tilla dedim-da. Agar belingizdagi kamar bo`lmasa, o`zingiz bir chaqaga ham arzimaysiz.

Afandi «parrandalarning tilini bilaman» deb maqtanib yurar edi. podsho buni eshitib uni ovga olib chiqdi.
Yo`lda ketishayotgan edi, podsho vayronada sayrab turgan bir boyqushni ko`rib Afandidan so`radi:
— Boyqush nima deb sayrayapti?
— Boyqush aytdiki,— dedi Afandi,— Agar podshoning zulmi shu xilda keta bersa tez kunda shahar ham mening makonimga aylanadi.

Afandidan birov so`radi:
— Afandi, minora qanday quriladi? Afandi javob berdi:
— Eski quduqni to`ntarib minora yasaladi.

Podsho Afandini bir kuni ovga olib chiqdi. Bir manzilda Afandini masxaralash uchun otining pastki labini kesib qo`ydi. Afandi buni fahmlab qoldi-yu, borib podshoning otining dumini kesib qo`ydi.
Ovdan qaytishda podsho orkasiga qarab Afandiga dedi:
— Afandi, otingiz nega kulayotibdi?
Afandi darhol javob qaytardi:
— Taqsir, otingizning keti ochilib qolibdi, shunga kulyapti.

Kunlardan birida hokim yo`lda ketayotgan ekan, ko`chada eshak yetaklab ketayotgan Afandini ko`rib, shofyorga:
— Otaxonni yonida to`xtat, bir bopli - debdi.
Hokim Afandiga qarab:
— Ha, Afandi, eshakni o`qishga olib ketvosizmi? - deb shofyor bilan qotib kulishibdi.
Gapga javoban Afandi:
— Ha, o`qishga olib ketvoman. O`qisa hokim bo`ladi, o`qimasa shofyor - debdi