Bir kuni afandi
Afandi bir boqqa kirib, gul uzayotgan edi, bog`bon ko`rib o`shqirdi:
— Kimsan?
— Bulbulman.
— Bulbul bo`lsang, qani, bir sayrachi?
— Men tajribasiz yosh bulbulman, sayrashni hozircha ota-onamdan eshitib turasiz, - dedi Afandi.

Afandining bir qizi bor ekan. Unga birdan uch yigit oshiq bo`libdi. Uchalasi uch yurtdan ekan, birinchisi: o`zbek, ikkinchisi: rus, uchinchisi: nemis ekan.
Afandi ularga shart qo`yibdi:
— O`zingizga yoqqan gulni olib kelinglar. Ular olib kelibdi.
— Endi har kim o`zi olib kelgan gulni yesin, - debdi.
O`zbek lola olib kelgan ekan, uni bemalol yebdi. Rus atirgul olib kelgan ekan. U gulni yeyar ekan, ham kularmish, ham yig`larmish.
— Nega yig`layapsan, deb so`rashsa
— Atirgulning tikani bo`g`zimga tiqilyapti, - dermish.
— Unda nega kulayapsan, -deb surashsa
— Anu nemis kaktus ko`tarib kelyapti, - dermish.

Poshsho Afandidan g`azablanib, «Ikkinchi yuzingni ko`rmayin!» dedi-da, uni saroydan haydab chiqardi.
Kunlarning birida u ko`chaga chiqqan edi, odamlarning ko`cha supurib, suv sepib, yo`lning ikki tomoniga tizilishib turganlarini ko`rdi.
— Nima gap? — ajablanib so`radi u.
— Poshsho o`tadi,— kimdir javob berdi.
Afandi odamlar qatorida turgan edi, poshsho kelib qoldi. U darhol poshshoga orqasini qilib turdi. Poshsho g`azablanib qichqirdi:
— Qanday odamsan, nimaga teskari turibsan!
— Ikkinchi betingni ko`rmayin degan edingiz, shohim betimni ko`rmasa, ketimni ko`rsin deb turibman,— javob berdi Afandi.

Mahallaning baloho`ri Afandini chaqirib:
— Uyingizga osh buyuring, kazo-kazolar kelishgan, kirib chiqamiz,— dedi.
Afandi xo`p deb uyiga kirib ketdi. Baloho`r aytgan vaqtida kazo-kazolar bilan keldi, supaga o`tirilgach:
— Qani, Afandi, qo`lga suv oling,— dedi. Afandi uning qo`liga suv qo`ya yotib:
— Hali qozon osganimiz yo`q — dedi.
— Nega?— dedi baloho`r.
— Hamma narsa tayyoru kichkina bir narsaga qarab qoldik.
— Nima ekan?
Afandi uning qulog`iga asta dedi:
— Pul!

Bir kuni Afandining eshagi yo`qolib qolibdi. Yo`lda qidirib ketayotgan edi, yo`lidan zebra chiqib qolibdi, shunda Afandi zebraga qarab, — Adidas kiyib olsang ham seni taniyman! — debdi.
Afandining xunukroq bir xotini bor ekan. U do`stlarini yonida xotinini "go`zalim”, "quyoshim” derkan. Bir kuni Afandidan do`sti so`rab qolibdi.
— Do`stim, xotining chiroyli bo`lmasa, nega endi uni "go`zalim”, "quyoshim" deysan?
— Bilasanmi, quyoshga qarab bo`lmagani kabi bizning xotinga ham qarab bo`lmaydi-da!

Podsho Afandiga ikki yuzta qo`y berib, ta’kidladi:
— Shu qo`ylarning sonini kamaytirmay qo`zilatib, boqib berasan, — sut-qatig`i xizmatingga!
Afandi qo`ylarni haydab sahroga chiqib ketdi. Qarasa: poshsho uni aldab, sovliq emas, hammasiga qo`chqor bergan ekan. Afandi ham qo`ylarni bir chekkadan so`yib yeya berdi, Qo`ylar tugagach, podshoning muhlati ham tugadi. Afandi uyiga qaytib keldi, ammo o`rdaga bormadi.
G`azablangan podsho Afandining uyiga yasovul yuborgan edi, u: «Afandi tug`ib yotgan ekan» degan xabarni keltirdi.
Tutoqib ketgan podsho Afandining uyiga kelib chaqirgan edi, Afandining xotini bunday javob berdi:
— Afandi tug`ib yotibdilar, ishingiz bo`lsa aytib keta qoling, aylanay, o`zlari hech yerga chiqolmaydilar.
— Iya, er kishi ham tug`adimi? Bu qanday noma’qulchilik!— qichqirdi podsho.
podshoga javoban xotinining yonida turgan Afandi der edi:
— Taqsirimning qo`chqorlari tuqqanda, men tug`sam ajablanadigan joyi bormi?!

Afandini saroyga chaqirishibdi. Afandi saroyga kirib qarasa, hammaning qo`lida tuxum bor ekan.
Podsho so`rabdi:
— Afandi sani tuxuming qani?
Shunda Afandi aytgan ekan:
— Shuncha tovuqni ichida bitta xo`roz ham bo`lish kerak-ku!!!

Afandi savat ko`tarib bir boqqa o`g`irliqqa kirdi, har xil uzumlar bilan savatni to`latib turganda, bog`bon kelib yoqasidan bo`g`di:
— Nega boqqa kirding?!
Afandi undan balandroq keldi:
— Bo`lmasa nega xotiningga kavush olib bermading?
— Iye, ali desa, bali deydi-ya, bu odam. Xotinimning kavushi bilan sening nima ishing bor?
— Qiziq odam ekansan, gapni kavlasang, gap chiqadi, o`g`irliqqa kirdim deymi bo`lmasa!..

Bir kuni Afandi yo`lda ketayotib, "patinka cho`tka" topib olibdi.
Asta qo`liga olib:
— Tovba, taxtaga jun chiqibdi, - debdi-yu, tashlab ketvoribdi.