Bir kuni afandi
Afandi ko`chada bir odamni bekordan-bekorga ahmoq dedi. U odam Afandining boshiga musht o`qtalib keldi.
— Kim ahmoq!
— Shu kelishing rost bo`lsa, men ahmoqman,— javob berdi Afandi.

Afandi kechasi uyqudan uyg`onib:
— Tur, xotin, menga bitta qoshiq olib ber, - dedi
Xotini hayron bo`lib so`radi:
— Yarim kechada qoshiqni nima qilasiz?
— Tushimda tolqon ko`rdim, qo`limda yesam to`kilib ketyapti. Qoshiqda yesam to`kilmasmikin deyapman-da.

Afandi yarim kechada o`zi yolg`iz aylanib yurgan edi, mirshab ushlab oldi:
— Bemahalda nima qilib yuribsan?—so`radi mirshab.
— Uyqum qochdi,— javob berdi Afandi,— shuni qidirib yuribman.

Afandi shayx bilan qabristonni ziyorat qilib yurar edi. U qabr toshiga yozilgan bir lavhani o`qib hayron qoldi, unda: «Bu shaharning podshosi Sulton Abdulmalik pop Sulton Abdulmutalib jahonga mashhur bo`lib uch yoshida vafot etdi» deb yozilgan ekan:
Afandi taajjublanib shayxdan so`radi:
— Uch yoshida o`lgan bola qanday qilib jahonga mashhur bo`ladi?
Shayx javob berdi:
Sulton Abdulmalik yetmish yil yashab shundan faqat uch yilini xursandchilik bilan o`tkazgan ekanlar. Shuni umr hisoblab, vasiyat qilganlar.
— Agar shunday bo`lsa,— dedi Afandi,— men o`lganimda qabrimga lavha tosh qo`yiladigan bo`lsa, unga: «Mulla Nasriddin tug`ildi-yu o`sha zamoni o`ldi» deb yozilar ekan-da!

Poshsho bir kuni Afandining oldida oynaga qarab, o`zining xunukligidan shikoyat qildi:
— Qara, odam ham shunaqa xunuk, badbashara bo`ladimi?
— Bir marta oynaga qarab shuncha xafa bo`lasiz,— javob berdi Afandi,— o`lmagan bizning jonimiz: har kun sizni o`n marta ko`rsak ham chidab yura beramiz.

Bir kuni Afandi ko`chada ketayotganda, odamlar Afandiga shunday savol berishibdi:
— Afandim nimaga eshagingizga teskari o`tirib oldingiz, deyishibdi.
Shunda Afandi shunday javob beribdi:
— Bugun ertalab eshagim bilan urushib qolgandim, shunga yuziga qarashga uyalaman, debdi.

Afandi xonga g`oz pishirib borar edi, yo`lda korni ochib, bir oyog`ini yeb qo`ydi. Xon uni olib so`radi:
— Bir oyog`i qani?
— Bu yilgi g`ozlarning hammasi bir oyoqli ekan,— dedi-da, Afandi suv bo`yida bir oyog`ini ko`tarib dam olib turgan g`ozlarni ko`rsatdi. Xon tayoqni ko`tarib po`pisa qilgan edi, g`ozlar ikki oyoqlab qochdi.
— Ana, oyoqlari ikkita ekan-ku,— dedi xon. Afandi pinagini buzmay javob berdi:
— Shu tayoq bilan birov sizga ham hamla qilsa, ikki oyoq u yoqda tursin, to`rt oyoqlab qochar edingiz.

Afandi ko`chadan kelayotgan edi, ikki bolani uchratdi. Ulardan biri yig`lab Afandiga arz qildi:
— Anavi bola qulog`imni tishlab oldi.
— Yo`q, men tishlaganim yo`q,— dedi ikkinchi bola,— o`z qulog`ini o`zi tishlab oldi.
— Bekor aytibsan,— dedi Afandi ikkinchi bolaga — bu tuyamidi o`z qulog`ini o`zi tishlaydi.

Afandi podshoga vazir edi. Podsho nihoyatda ahmoq bo`lib, chet ellardan kelgan elchilar, olimlar, sayyohlar oldida bo`lar-bo`lmas gaplarni aytib, hadeb, o`z ahmoqligini oshkora qila berar, Afandi doim undan xijolat bo`lib, uning gaplarini shuvagani-shuvagan edi. Kunlarning birida Afandi bozor bo`lganidan podshoga dedi:
— Bundan keyin birov bilan gaplashayotganingizda, oyog`ingizga ip bog`lay-da, bir uchini ko`rpacha tagidan ushlab turay, to`g`ri javob bersangiz yoki o`rinli savol tashlasangiz tek turaveraman, aynisangiz, ipni asta tortib qo`yaman.
Bu gap podshoga ma’qul tushdi. Bir mamlakatdan elchi kelganda xuddi shunday qilindi. Elchi kirib o`tirishi bilan podsho so`radi:
— Qalay, mamlakatingizda it, mushuklar semizmi? Afandi ipni sekin tortdi, podsho gapdan to`xtagandan keyin, Afandi elchiga bu gapning «ma’no»sini izohlay boshladi:
— Shohimiz shunday teglik gapiradilarki, it, mushukning semizligi xalqning osoyishta va farovon turmush kechirishini ko`rsatadi.
Elchi bu gapdan kanoatlanib, podshoga ta’zim qildi. Buni ko`rib podsho Afandiga o`shqirdi:
— Ahmoq, shunday chuqur gap aytgan bo`lsam, nega ipni tortding!

Afandining anjiri pishgan edi, bir savatga terib Poshshoga olib bordi. Ammo qorovullar uni anjirini tortib olishdi-da, ichkariga olib kirib ketishdi. Afandi darvoza tagida qoldi. Shu vaqtda yasovullar besh-o`nta bandini haydab kelishayotgan edi, ularning biri yo`lda qochib ketdi, uning o`rniga Afandini ham bandilarga qo`shib qorovullarga topshirishdi.
Afandi qanchalik dodu faryod qilib yopishmasin, foyda bermadi, uni zindonga tashladilar.
Kunlar, oylar o`tsa ham Afandi hamon zindonda qoldi.
Bir kuni poshsho zindonga kirib Afandidan nima sababdan qamalganini so`ragan edi, u butun voqeani so`zlab berdi. Poshsho uni bo`shatishga buyurib, so`radi:
— Sening anjiring menga juda ma’qul bo`lgan edi, tila tilagingni?
— Anjir evaziga shuncha mukofot oldimki, buning ustiga yana biror narsa so`rashga ham uyalaman. Bir dona o`tkir bolta hadya qilsangiz, shuning o`zi bas.
— Boltani nima qilasan?
— Bog`imdagi anjirlarni bitta qo`ymay kesib tashlamoqchiman,— dedi u.