Afandi zamonning
Latifa matni:
Afandi zamonning zayli bilan boshqa bir shaharga borib qoldi. U bozorni tomosha qilib yurgan edi, holvapurushning do`konida turgan har xil holvalarga ko`zi tushib qoldi. Afandining og`zidan suvi keldi-da, holvalardan olib, yeyaverdi.
Buni ko`rgan holvapurush qo`liga kaltak olib, uni savalay boshladi.
Afandi tayoqning zarbini pisand qilmasdan, holvani to`yguncha yedi, keyin:
— Bu shahar xo`p ajib shahar ekanu, holvapurushlari odamni urib holva yedirgani yomon ekan, - deb keta berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi zamonning zayli bilan boshqa bir shaharga borib qoldi. U bozorni tomosha qilib yurgan edi, holvapurushning do`konida turgan har xil holvalarga ko`zi tushib qoldi. Afandining og`zidan suvi keldi-da, holvalardan olib, yeyaverdi.