Bir kuni afandi
Afandi ko`chadan taqa topib oldi, juda xursand bo`lib borayotgan edi, bir oshnasi so`radi:
— Ha, Afandi, buncha xursandsiz? Afandi qo`lidagi taqani ko`rsatib dedi:
— Bitta taqa naqd, yana uchta taqa-yu usti but bo`lsa, bitta ot degan so`z. Chu!

Afandi onasidan chuchvara qilib berishni iltimos qildi.
— Xo`p,— dedi onasi.
— Sen menga taxta-o`qlog`ini topib ber.
Afandi uzoq axtarib, topolmadi. Keyin onasiga:
— Oyi,— dedi,— taxta-o`qlog`ini topay-topay deb qoldim. Endi o`zingiz jinday qidirsangiz topasiz-qo`yasiz.

Bir mehmondorchilikda yosh surishtirib qolishdi. Afandiga kelib birov:
— Afandi, siz nechaga kirdingiz?—deb so`radi.
— Bu yil qirqqa kirdim,— dedi Afandi.
— Iye,— dedi boyagi kishi,— bundan o`n yil ilgari ham qirqqa kirdim degan edingiz-ku?
Afandi javob berdi:
— Qiziq odam ekansiz, kishining gapi bitta bo`ladi-da.

Afandining iti bolalagan edi, bir necha kishilar uning uyiga mehmon bo`lib kelib, so`zlashib o`tirishar edi. Kuchuk bolalari uyga kirib mehmonlar bilan o`ynashib, bezovta qila boshladilar.
Mehmonlardan biri hazillashib:
— Afandi, arzandalaringizga odob o`rgatsangiz bo`lmaydimi?, — dedi.
— Nima qilay, tog`alarini ko`rib suyunganlaridan suykalishyapti-da, — deya javob beribdi Afandi.