Latifa matni:
Kechasi Afandining mahallasiga o`t ketib, aholi qo`shni mahallaga ko`cha boshladi. Hamma ko`ch-ko`lonini aravaga ortib jo`naganda, Afandi bir sholcha, ikki ko`rpa, ikki bolishni orqalab yo`lga tushdi.
Yo`lda hammahallalardan biri Afandining ko`chini ko`rib so`radi:
— Bor ko`chingiz shumi? Bu qanaqa ro`zg`or? Afandi javob berdi:
— To`rt qiz chiqarganning ro`zg`ori!