Poshsho saroyidagi
Latifa matni:
Poshsho saroyidagi hamma a’yonlar Afandini yomon ko`rardilar. Ular poshshoga Afandining ustidan g`iybat qilishar, uning haqida turli-tuman uydirmalar tarqatishar edi. Biroq Afandi bilan uchrashganlarida hamisha o`zlari sharmanda bo`lishardi.
Bir kuni ular to`planishib poshshoning oldiga kirishdilar-da, Afandining og`zi sassiqligiga uni ishontirmoqchi bo`lishdi. Ig`vo ustiga tasodifan Afandi kelib qoldi. A’yonlarning rangi-quti o`chib, damlari ichiga tushib ketdi.
Poshsho haqiqatni bilmoqchi bo`lib Afandidan so`radi;
— Qani, yaqinroq o`tirchi, a’yonlar senga qattiq kasallik yo`liqqan deydilar, rostmi?
— Shohim, ularning hammasi mening qadrdon do`stlarim, ular yolg`on gapirishmaydi, eshitaychi, ular nimalar deyishdiykin?
— Bularning aytishlaricha, sening og`zing yomon sasib ketgan emish.
— Ularning gaplari juda to`g`ri, shohim,— dedi Afandi,— hozirgacha men ularning xiyonati, ahmoqona qiliqlarini birovga aytmay ichimga yuta berganimdan, o`sha illatlar ichimda sasib, og`zimdan chiqmoqda.