Bir kuni afandi
Afandi tegirmonda bug`doy torttirish uchun navbat kutib turar edi, turib-turib zerikdi. Boshqa qoplardan o`zining qopiga hovuchlab bug`doy sola berdi. Buni ko`rib tegirmonchi so`radi:
— Nima qilyapsiz, Afandi?
— Men tentakman!
— Tentak bo`lsangiz, nega o`z qopingizdan olib, birovlarnikiga solmaysiz - dedi tegirmonchi.
— Unda g`irt jinni bo`lar edim,— dedi Afandi.

Afandi shirakayf holda yarim tunda uyga qaytibdi. Oxirgi zinada oyog`i toyilib, peshanasidan darcha ochilibdi. Bir narsa qilib eshikni ochib kirib qon oqayotgan yarani yuvib netib oynaga qarab plastir yopishtirib uyquga ketibdi.
Tong saharda shundoq ko`zini majburlab ochsa xotini baqirib yotibdi:
— Mayli nimaga kech kelding, deb so`ramayman, Postel nimaga qon, deb so`ramayman. Lekin javob ber: Nega oyim olib bergan toshoynaga to`lik plastir yopishtirib chikding?

Tramvayda ketayotgan Afandi qarshisida o`tirgan qizga tikilib turib, so`radi:
— Yaxshi qiz, bir boqishda yaxshi ko`rib qolish mumkinmi?
— Yo`q,— dedi qiz.
— Unda, ertaga qayerda uchrashamiz,— debdi Afandi.

Afandining 2 yoshli o`g`li bor ekan, u faqat "ha" degan so`zni bilar ekan.
Afandi bozorga ketibdi, uyiga o`g`ri tushib boladan so`rabdi:
— Uyingda bir o`zingmisan?
— Ha.
— Uyingda oltin bormi?
— Ha.
— Tashqaridami?
— Ha.
O`g`ri qazib-qazib, charchab, jahli chiqib:
— Ey bola, sen meni aldadingmi, — desa.
Bola:
— Ha, — dermish.

Yoshligida bir kuni otasi Afandini pishirilgan kalla olib kelish uchun bozorga yubordi. Afandi kallani olib kelayotib uning go`shtlarini yeb qo`ydi.
— O`g`lim, olgan kallangda sira go`sht yo`q-ku? — so`radi otasi.
— Ko`rmayapsizmi, dada, qo`yning o`zi juda oriq ekan?
— Xayr, mayli, oriq ham bo`lsin, lekin qulog`i qani?
— Garang qo`y bo`lsa kerak, o`zi qulog`i yo`q edi.
— Qiziq, kallada ko`zi ham yo`q-ku, axir?
— Bechora qo`yning ko`zi ko`r ekan. Shuning uchun ham qassobning pichog`idan qochib qutulolmagan-da.
Otasi achchig`lanib jag`ni ochib ko`rgan edi, tili ham yo`q ekan.
— Tili qayerda qoldi buni? — baqirdi otasi.
— Ehtimol, shuncha aybi ustiga qo`y soqov hamdir.
— Suyakdagi teri, go`shtlari qani bo`lmasa?
— Ko`rib turibsiz-ku, o`zi ship-shiydam kal ekan.
Har bir savolga Afandi puxta tayyorlanib kelganini ko`rgan otasi boshqa hech narsa so`ramadi. Afandi otasini yupatib:
— Qarang, dada, tishlarining hammasi butun, birortasi ham nobud bo`lmagan! — dedi.

Afandining otasi mahsido`zga shogirdlikka berdi, Oradan ikki yilcha o`tdi. Bir kun otasi undan so`radi:
— Nasriddin, mahsido`zlikni o`rganay dedingmi?
— Ustam,— dedi Afandi,— zehning yaxshi deb maqtaydilar. Bola ko`tarish, do`kon supurishni halitdanoq o`rganib oldim. Xudo hohlasa, yana besh-olti yildan keyin mahsido`zlikni ham o`rganib olar emishman.

Afandi podsho saroyi yonidan o`tib borayotgan edi, qarasa, saroyning baland devori ustiga yana bir paxsa qo`yishayotibdi. Afandi to`xtab, devorzondan so`radi:
— Qo`rg`onning o`zi ham baland edi-ku, nega baland ko`tarayotibsizlar?
— Saroyga o`g`ri tushmasin, deb.
Bu javobdan ajablangan Afandi aytar edi:
— Tashqaridan tushadigan o`g`riga desangiz to`g`ri-ku, lekin ichkaridan chiqadigan o`g`riga ellik paxsa devor xam pisand emas!

Podsho kechasi yo`lda ketayotgan edi, Afandiga duch kelib qoldi. Uni masxaralamoqchi bo`lib:
— Iya, Afandi, sizmisiz? Qorong`ida men sizni it-mikin debman!— dedi.
Afandi podshoga ta’zim qilgani holda, javob berdi:
— Kechirasiz, shohim, siz ekansizu korong`ida men sizni bilmay odammikin debman!

Afandi yo`lda ketayotgan edi. Bir sipohi kelib undan so`radi:
— Qayerga ketyapsiz?
— Shaharga.
— Ilgari ham shaharda bo`lganmisiz?
— Ko`p marta bo`lganman.
— Qalay, bizning shahar sizga yokdimi?
— Yo`q, ma’qul bo`lmadi. Qarovsiz, iflos, qimmatchilik...
— Odamlari qalay?
— Shaharning boylari qupol, firibgar, ochko`z ekan.
— Shaharning begi to`g`risida nimalar bildingiz?
— Shahari shu bo`lsa, uning begi nima bo`lar edi! Mol egasiga o`xshamasa, harom o`ladi. Bekni xam o`ta ketgan zolim, maishatparast odam deydilar.
Sipohining quti o`chdi, mo`ylablarini burab, ko`zlarini chaqchaytirdi va dag`dag`a bilan dedi:
— Men bu shaxarning begiman!
Afandi darrov so`rashgani qo`l cho`zib:
— Salomatmilar? Yaxshiyam shaharning begi to`g`risidagi gaplarga ishonmaganim.— dedi.

Afandi bir oshnasi bilan o`rik sotib oldi. Sherigi Afandini uyaltirmoqchi bo`ldi-da, o`rik yeb turib o`z danaklarini ham Afandinikiga qo`sha berdi. Oxiri danaklarni ko`rsatib dedi:
— Afandi, o`rik yeyishga juda chaqqon ekansiz, birpasda shuncha danak qildingiz?
— O`rik yeyishga mendan ham siz usta ekansiz — dedi Afandi,— o`rikni danak-panagi bilan yutar ekansiz.