Latifa matni:
Afandi tegirmonda bug`doy torttirish uchun navbat kutib turar edi, turib-turib zerikdi. Boshqa qoplardan o`zining qopiga hovuchlab bug`doy sola berdi. Buni ko`rib tegirmonchi so`radi:
— Nima qilyapsiz, Afandi?
— Men tentakman!
— Tentak bo`lsangiz, nega o`z qopingizdan olib, birovlarnikiga solmaysiz - dedi tegirmonchi.
— Unda g`irt jinni bo`lar edim,— dedi Afandi.