Bir kuni afandi
Afandining yoshlikdan birga o`sgan do`sti bor edi. Yillar o`tib shu do`sti katta mansabga ko`tarildi. Afandi uni amaldorlik lavozimi bilan tabriklash uchun mahkamaga kirib bordi. Do`sti Afandi bilan ko`rishish o`rniga:
— Sen kimsan, nima ish bilan kelding!— deb do`q urdi.
— Meni tanimaysanmi, yoshlikda yong`oq o`ynab o`sgan do`sting bo`laman. Seni ko`r bo`lib qolibdi deb eshitib, ko`ngil so`ragani keldim,— dedi Afandi.

Poshsho bir kuni ziyofatda o`tirib Afandi bilan hazillashdi:
— Mulla Nasriddin, qayerga borsangiz eshagingizdan ajralmaysiz, doim u bilan birgasiz, a?
— Taqsir, eshagimdan ajralsam, mana bunday ziyofatlardan ham mahrum bo`lib qolaman-da,— javob berdi Afandi.

Bir boy keksayib qolganiga qaramay, Afandining qiziga ishqiboz bo`lib qoldi:
— Jonginam, sizni sevib qoldim, suvga desangiz — suvga, o`tga desangiz — o`tga siz uchun kirishga tayyorman,— dedi u.
— Yerga kiring, desam-chi? — dedi qiz.

Afandi ko`chadan o`tib ketayotgan edi, bir to`da bekorchilar uni to`xtatib so`radilar:
— Afandi, bir masalada tortishib qoldik, hal qilib bering, dunyoning kengligi qancha ekan?
Shu payt o`lik ko`tarib o`tib qoldilar. Afandi tobutni ko`rsatib dedi:
— Ana u dunyoni o`lchagani ketayotibdi, orqasidan borsalaring anig`ini bilib kela qolasizlar!

Afandi kechasi uyqusi kelmay, ko`chaga chiqib aylanib yurgan edi, ittifoqo bir o`g`riga duch kelib qoldi.
— Kimsan?! Bemahalda nima qilib yuribsan? - do`q urdi o`g`ri.
— Shu shaharning o`g`rilaridanman,— dedi Afandi ham bo`sh kelmay. O`zing kimsan?!
— Men ham boshqa bir shahardan kelgan zo`r o`g`riman. Uchrashganimiz yaxshi bo`ldi, ikkalamiz bahamjihat ish qilamiz. Men yangi kelganman, hali bu shaharning pasti balandini yaxshi bilmayman. Qani aytingchi ishni qayerdan boshlasak bo`ladi?
— Shahar qozisining bir oq hangi eshagi bor. Avval shuni o`g`irlasak, keyin bozorga borib, ikkita qop bilan ozroq arqon o`g`rilasak, innaykeyin shishafurushning do`konidan shisha o`g`irlab ikki qopga liq to`lg`izsakda, bizning hovliga oborib ko`mib qo`ysak yomon bo`lmas edi. Shunda anchagacha jonimiz tinchirdi-da! Qalay, bu maslahatim sizga yoqadimi?.
— O`g`ri javob berguncha bo`lmay, mirshablar kelib qolishdi. O`g`ri shilt urib qochib ketdi, Afandi qo`lga tushib qoldi. Uning dod-faryodiga quloq solmay, olib borib zindonga tashladilar...
Ertalab uni so`roqqa olib chiqishdi.
— Xo`sh Afandim,— dedi hokim,— sizni tuppa-tuzuk odam deb yursak, o`g`ri boshi ekansiz-ku! Nima qilib o`g`ri bilan tun qorong`isida gaplashib turuvdingiz?
— Endi maslahatlashayotuvdik-da. To bir qarorga kelguncha bo`lmay, mirshablaringiz ushlab olishdi.
— Nima maslahat qilayotuvdingizlar?
— Avval qozining oq eshagini o`g`irlab, undan keyin bozordan qop bilan arqon olib, innaykeyin shishafurushning do`konini urmoqchi edik.
Hokim huzur qilib kuldi:
— Axir o`ylang, Afandim! Bunga siz ovora, biz ovora, eshak ovora. Shu ham o`g`rilik bo`ldimi? Ha, eshak o`g`rilikka arziydi...
— Quloq soling, taqsir. Eshakni vaqtincha omonat o`g`irlab, shishani yetkazib olgach, yana qozining eshigidan sekin kirgizib yubormoqchi edik-da.
— Iye, o`g`rilikning omonati ham bo`ladimi?
— Ish bitguncha-da, taqsir. Nima qilamiz, jonli narsani asrab, boshimizga dahmaza orttirib. Yem-xashak uchun tag`in birovni qon qaqshatish yaxshimi?!
Hokim yana kulib yubordi:
— Shishaning yuztasini bir tangaga ham olmaydi-ku! Shuyam o`g`rilik bo`ldimi?!
— Xo`p, bo`lmasa sizningcha nima qilishimiz kyerak edi?
— Kiroyi o`g`rilik qilganga yarasha podshoning g`aznasini ursang ekan.
— Mana shuni sizga o`xshagan tajribali odam yotig`i bilan tushuntirib bersa, durust bo`larkan-da. Eh, attang! Ha mayli, endi bundan keyin siz bosh qo`shsangiz, biz bajonidil xizmatingizga tayyormiz.

Uch afandi yo`lda ketayotgan ekan. Ularning biri kal, ikkinchisi cho`loq, uchinchisi ko`r bo`ladi. Ularning oldidan bir "Ferrari" rusumli avtomobil o`tib ketadi. Shunda kal:
— Oh, u mening sochimni prichyoskasini buzdi - debdi,
Cho`loq:
— Bir sakrab yetib olaymi - debdi.
Ko`r esa:
— Qo`rqmanglar, nomerini eslab qoldim, militsiyaga beramiz - debdi.

Mulla Nasriddin,- dedi bir laqma, — nima uchun qulog`im ikkita-yu, og`zim bitta?
— Ko`proq tinglash uchun qulog`ing ikkita,— javob berdi Afandi,— agar og`zing ham ikkita bo`lganda, odamlarning miyasini qoqib qo`liga berarding!

Bir dehqon eshak minib shaharga kelar edi. Ittifoqo eshagi xonning arki yoniga kelganida hangrab yubordi. Ark tepasida turgan xon achchig`lanib, dehqonni darralashga buyurdi.
Hukm ijro qilindi. Ezilgan dehqon hangi eshakdan qutulish uchun uni bozorga olib kirib, Afandini ko`rdi-da, boshiga tushgan hodisani so`zladi.
— Qo`y, bunga hafa bo`lib eshagingni sotma, - dedi Afandi, - hamma eshak ham eshakni ko`rganda hangraydi!

Afandining xotini jangari chiqib qoldi. U arzimagan narsaga idish-tovoqlarni sindirar, Afandining yuziga chang solar, yana dod deb, qo`shnilarni yig`ar edi. Afandi uyiga kelishga yuragi betlamay, kechgacha ko`chada sanqib yurdi, kech bo`lganda uyga kelsa, ustidagi to`nini yechmay turib, xotini janjal boshladi:
— Onam tug`may o`lsin, sizga tegib hech halovat ko`rmadim! Odamlarning eri har ko`chaga chiqqanda hech bo`lmasa mozi ko`tarib keladi, siz bo`lsangiz so`ppayib kirib kelasiz!
— Hmm... shuni ayting, taqdir ekan-da!
— Qanoatli xotinni topib olib qadriga yetmaysiz. Mendan boshqa xotin bo`lganda nikoh kechasi siz bilan janjal boshlar edi.
— Ofarin,— dedi Afandi. — O`rtamizda tinch o`tgan kun o`sha kun edi!

Afandi ko`chada kelayotib, bir sabzipolizga ko`zi tushdi. Yelkasidagi qopni olib polizga kirdi-da, yarim qop turp, yarim qop sabzini olib, endi ko`taraman deb turgan-da, egasi kelib ushladi. Afandi yalindi-yolvordi. Nihoyat poliz egasi kavlangan sabzilar bilan Afandining orqasiga urish sharti bilan uni mahallaga sudrab sharmanda qilmaydigan bo`ldi.
Afandi ma’yuslik bilan turib berdi, poliz egasi sabzi bilan ura boshladi. Afandining usti yupqa va sabzi katta bo`lganidan, har sabzi tekkanda irg`ib tushib, «oxiri baxayr bo`lsin» deb qo`yar edi.
Poliz egasi taajjublanib so`radi:
— Bu nima deganingiz?
— E birodar, — dedi Afandi,— qopdagining hammasi sabzi bo`lganda mayli edi-ya, hali qop ostidagi turplarga navbat kelganda, o`pkamni tushirib qo`yarmikansiz?