Latifa matni:
Afandining otasi mahsido`zga shogirdlikka berdi, Oradan ikki yilcha o`tdi. Bir kun otasi undan so`radi:
— Nasriddin, mahsido`zlikni o`rganay dedingmi?
— Ustam,— dedi Afandi,— zehning yaxshi deb maqtaydilar. Bola ko`tarish, do`kon supurishni halitdanoq o`rganib oldim. Xudo hohlasa, yana besh-olti yildan keyin mahsido`zlikni ham o`rganib olar emishman.