Latifa matni:
Afandi podsho saroyi yonidan o`tib borayotgan edi, qarasa, saroyning baland devori ustiga yana bir paxsa qo`yishayotibdi. Afandi to`xtab, devorzondan so`radi:
— Qo`rg`onning o`zi ham baland edi-ku, nega baland ko`tarayotibsizlar?
— Saroyga o`g`ri tushmasin, deb.
Bu javobdan ajablangan Afandi aytar edi:
— Tashqaridan tushadigan o`g`riga desangiz to`g`ri-ku, lekin ichkaridan chiqadigan o`g`riga ellik paxsa devor xam pisand emas!