Latifa matni:
Afandining 2 yoshli o`g`li bor ekan, u faqat "ha" degan so`zni bilar ekan.
Afandi bozorga ketibdi, uyiga o`g`ri tushib boladan so`rabdi:
— Uyingda bir o`zingmisan?
— Ha.
— Uyingda oltin bormi?
— Ha.
— Tashqaridami?
— Ha.
O`g`ri qazib-qazib, charchab, jahli chiqib:
— Ey bola, sen meni aldadingmi, — desa.
Bola:
— Ha, — dermish.