Afandi yo`lda ketayotgan
Latifa matni:
Afandi yo`lda ketayotgan edi. Bir sipohi kelib undan so`radi:
— Qayerga ketyapsiz?
— Shaharga.
— Ilgari ham shaharda bo`lganmisiz?
— Ko`p marta bo`lganman.
— Qalay, bizning shahar sizga yokdimi?
— Yo`q, ma’qul bo`lmadi. Qarovsiz, iflos, qimmatchilik...
— Odamlari qalay?
— Shaharning boylari qupol, firibgar, ochko`z ekan.
— Shaharning begi to`g`risida nimalar bildingiz?
— Shahari shu bo`lsa, uning begi nima bo`lar edi! Mol egasiga o`xshamasa, harom o`ladi. Bekni xam o`ta ketgan zolim, maishatparast odam deydilar.
Sipohining quti o`chdi, mo`ylablarini burab, ko`zlarini chaqchaytirdi va dag`dag`a bilan dedi:
— Men bu shaxarning begiman!
Afandi darrov so`rashgani qo`l cho`zib:
— Salomatmilar? Yaxshiyam shaharning begi to`g`risidagi gaplarga ishonmaganim.— dedi.