Bir kuni afandi
Afandi bir xasis oshnasinikiga borgan edi, oshnasi oldiga ikkita issiq non bilan bir piyola asal qo`ydi. Afandi asalni pichog`i bilan kesib, nonning orasiga qo`yib yeya berdi. Xasis oshnasi qarasa, Afandi asalning hammasini yeb qo`yadigan ko`rinadi.
— Afandi, asalning hammasini yesalar ham mayli-ku, lekin kuchlilik qilib yurak-bag`ringizni o`rtab yuborar deyman,— dedi.
Afandi pichog`ining uchiga asaldan katta bir bo`lagini sanchib olar ekan, javob berdi:
— To`g`ri aytadilar, lekin bir xolis odam bo`lsa kimning yuragi o`rtanayotganini aytib berar edi.

Poyabzal ustaxonasining direktori Afandiga maqtandi.
— Menga qoyil bo`ling, kuniga 200 kg mix, 100 kg yelimni tejab qoldim.
— Qoyilman sizga,— dedi Afandi, yirtiq tuflisini ko`rsatib,— ko`ryapsizmi, mening tuflim ham «til»ini chiqarib gapingizni ma’qullamoqda.

Afandi tirikchilikdan qiynalib, bir o`rtog`iga hasrat qildi.
— O`zingning e’tiqoding past,— dedi o`rtog`i,— har kimdan tama’ qilib yurmay, to`g`ri xudoning o`zidan so`ra.
Afandi «qani, xudoning o`zidan so`rab ko`ray-chi» deb. Qassobdan qo`yning pufagini olib keldi. Uni obdan iylab, puflab rosa shishirdi-da, oftobda qurutdi. Keyin o`tirib, bir parcha qog`ozga ariza yoza boshladi: «E xudo, menga yuz tanga kerak bo`lib qoldi. Dargohingdan noumid qaytarma, shuni ato qil»,— deb turar joyini ma’lum qildi. Arizani taxlab pufakka bog`ladi-da, uchirib yubordi.
Osmonda uchib ketayotgan pufakni shahar qo`rg`onida turgan merganlar ko`rib qolib, darhol urib tushirishdi. Bundoq qarashsa, qog`ozga ariza yozilgan. Ulardan biri arizani podshoga olib borib ko`rsatdi. Podsho o`qib ko`rib, bu Afandining ishi ekanligini payqadi. «Qani, nima derkin,»— deb, jo`rttaga yuz tanga o`rniga ellik tangani bir vaziriga berib yubordi.
— Afandim, siz xudodan yuz tanga so`raganmidingiz?— dyedi vazir.
— Ha, so`ragan edim.
— Kechirasiz, so`raganingizdan bir oz kamroq berib yubordi, vazir unga haligi pulni berdi.
Afandi pulni sanab olib, «Ha mayli, ellik tangani bergan xudo qolganini ham berar»— deb, vazirni jo`natdi.
Mazaxo`rak bo`lgan Afandi ertasiga yana ariza yozib uchirdi. Shahar muhofizachilari uni ham urib tushirib, arizani podshoga yubordilar. Podsho arizani o`qidi: «E xudo, mening turar joyim o`zinga ma’lum. Shunday bo`lganidan keyin, nega o`z qo`ling bilan yuboraqolmay, vazirdan berib yubording? Vazirlarning fe’li o`zinga ayon ediku. Mana, yarmisini urib qolib, yarmisini olib kelibdi. Endi bevosita o`zimga to`g`ri yuboraver...»

Podsho uzoq muddatlik ovga ketgan edi. Boshqa mamlakatdan elchi kelib qoldi. Vazir uni parvarish qilishni Afandiga topshirdi. Afandi har kuni oshpazga tayinlab, elchini qirg`ovul, bedana, kaklik go`shtlaridan tayyorlangan sara ovqatlar bilan boqar edi.
Oradan besh-o`n kun o`tdi, qush go`shti elchining me’dasiga tegib, u oshpazdan so`qim go`shtidan ovqat tayyorlab berishni iltimos qildi. Oshpaz uning tiliga tushunmay, vazirga murojaat qildi. U ham tushunmay Afandidan tushuntirib berishni iltimos qildi.
Afandi elchi huzuriga borib, imo-ishoralar bilan maqsadini so`ragan edi, u ikki qo`lini boshi ustiga shoxga o`xshatib, o`z tilida allanarsalar dedi, Afandi sira ham tushunmadi.
— Elchi nima xohlar ekan?— so`radi vazir.
— Elchining ikki qo`lini boshi ustiga ko`targani uning podshoni ko`rmoqchiman degani,— deb javob berdi Afandi.

Afandi Podsho bilan ovga ketayotgan edi, oldilaridan quyon chiqib qoldi.
— Yuguring Afandim, ushlang quyonni,— buyurdi Podsho.
— Afandi otdan sakrab tushib quyonni quvlay ketdi. Quyon tutqich bermay qochib qoldi. Afandi harsillagancha Podshoning yoniga kelib, yelka qisdi.
— E, o`zingizam toza noshud ekansiz—da! Shu oldiginangizda turgan quyonni ikki sakrab tutolmay... E shalviramay qoling—e!
— O`zingiz o`ylang axir, qorin to`ygazish umididagi quvish bilan jon qutkazish umididagi qochish baravar bo`ladimi?!

Afandi ariq tepasidagi qil ko`prikdan o`tayotgan edi, kavushining bir poyi ariqqa tushib, oqib ketdi. Afandi olish uchun shuncha harakat qildi, bo`lmadi, noiloj:
— O`zi ham past mato, tor, oyog`imni g`ajib kelayotgan edi, zab ish bo`ldi-da, oqib ketdi,— dedi.
Afandining bu gaplarini eshitgan hamrohi ajablandi:
— Attang, bejirimgina, yangi kavush ekan, a!
— Yomon dedim, yomon,— dedi tutaqib Afandi,— yaxshi bo`lsa, juftini tashlab ketarmidi!

Bir kuni Afandi xazina topishga kirishdi va yer kavlay boshladi. 200 metr kavlasa, bir varoq chiqibdi, u varoqda:
— Tepaga chiqishni o`yla, - deb yozilgan ekan.

Afandidan bir kishi so`radi:
— Afandi, kishi ko`rpada qanday yotsa tinch yotadi?
— Har kimning ta’bi.
— Men, qaysi tomonga ag`darilmay, hech tinchimayman.
— Bo`lmasa, go`rga kirguncha sabr qil,— dedi Afandi.

Podsho saroyida sarkardalar suhbatlashib o`tirishar, har kim o`z qahramonligini aytib, lof urar edi. Bir maqtanchoq bunday dedi:
— Urush shunday qattiq bo`ldiki, o`q bamisoli yomg`ir bo`lib yog`ar edi, dushman bilan aralashib ketib qilich tagida qolibman, kallam uzilib, bo`ynimning terisiga ilinib qolibdi...
Suxbatda Afandi ham bor edi, so`z qistirdi.
— Urushda odam qizishib ketgandan keyin shunaqa bo`lar ekan-da, sizning boshingiz bo`yningizning terisiga ilinib qolibdi-ku, mening boshim yelkamdan tushib, uch-to`rt yumalaganini bilganim yo`q, urusha berdim....

Afandi qorong`i kechada o`rtoqlari bilan oshxo`rlik qilib o`tirgan edi, birdan shamol turib, chiroqni o`chirib qo`ydi.
Ulfatlardan biri:
— To chiroq yoqilguncha osh yeyish yo`q! Hamma chapak chalib o`tirsin, - dedi.
Afandi tizzasini yalang`ochladi-da, uni, bir qo`li bilan shappatilab o`tirib, ikkinchisi bilan osh ustidagi go`shtni paqqos tushirdi.