Yoshligida bir kuni
Latifa matni:
Yoshligida bir kuni otasi Afandini pishirilgan kalla olib kelish uchun bozorga yubordi. Afandi kallani olib kelayotib uning go`shtlarini yeb qo`ydi.
— O`g`lim, olgan kallangda sira go`sht yo`q-ku? — so`radi otasi.
— Ko`rmayapsizmi, dada, qo`yning o`zi juda oriq ekan?
— Xayr, mayli, oriq ham bo`lsin, lekin qulog`i qani?
— Garang qo`y bo`lsa kerak, o`zi qulog`i yo`q edi.
— Qiziq, kallada ko`zi ham yo`q-ku, axir?
— Bechora qo`yning ko`zi ko`r ekan. Shuning uchun ham qassobning pichog`idan qochib qutulolmagan-da.
Otasi achchig`lanib jag`ni ochib ko`rgan edi, tili ham yo`q ekan.
— Tili qayerda qoldi buni? — baqirdi otasi.
— Ehtimol, shuncha aybi ustiga qo`y soqov hamdir.
— Suyakdagi teri, go`shtlari qani bo`lmasa?
— Ko`rib turibsiz-ku, o`zi ship-shiydam kal ekan.
Har bir savolga Afandi puxta tayyorlanib kelganini ko`rgan otasi boshqa hech narsa so`ramadi. Afandi otasini yupatib:
— Qarang, dada, tishlarining hammasi butun, birortasi ham nobud bo`lmagan! — dedi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Yoshligida bir kuni otasi Afandini pishirilgan kalla olib kelish uchun bozorga yubordi. Afandi kallani olib kelayotib uning go`shtlarini yeb qo`ydi.