Afandi bir qurumsoq
Latifa matni:
Afandi bir qurumsoq boyda qarollik qilar edi. Bir kuni boy mehmonga ketayetib, Afandiga qiladigan ishlarni tayinladi:
— Qo`y, sigir, tovuqlarga yaxshi qara! Tovuqlarning boshi yerdan, mol, qo`ylarning boshi oxurdan uzilmasin! Hovli sahnini tozalab, yog` tushsa yalagudek qilib qo`y!
Xo`jayin ketgach, Afandi tovuqlarni parvarish qila boshladi, har qancha don bersa ham tovuqlar uni yeb bo`lib, darhol boshini yerdan ko`tarar edilar. Achchig`langan Afandi tovuqlarni tutib hammasining boshini uzib, yerga tashladi «mana, endi yerdan ko`tarilmaydigan bo`ldi» dedi o`z-o`ziga. U molxonaga kirib, qo`y, mollarni parvarish qila boshladi. Ammo ular ham yem-xashakni yeb bo`lib, boshlarini oxurdan ko`tarishar edilar. Afandi hayvonlarning ham boshini kesib, oxurga tashladi va «endi, oxurdan ko`tarilmaydigan bo`ldi», dedi o`zicha. Bu ishlardan bo`shagach, hovlini supurdi-da, boyning xumdagi yog`ini eritib yerga sepdi. Ishlarni saranjomlagach, endi dam olishga o`tirgan ediki, boy qaytib keldi, ahvolni ko`rib baqirdi:
— Bu nima qilganing, haromzoda!
— Xo`jayin, topshiriqlaringizni jonu dil bilan bajardim, mana, mollarning boshini oxurdan, tovuqlarning boshini yerdan uzilmaydigan qilib qo`ydim. Hovlingizni shunday tozaladimki, ishonmasangiz, mana yog` ham sepdim, yalab ko`ringchi,— dedi Afandi
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi bir qurumsoq boyda qarollik qilar edi. Bir kuni boy mehmonga ketayetib, Afandiga qiladigan ishlarni tayinladi: