Podsho Afandiga bir
Latifa matni:
Podsho Afandiga bir eshakni mulla qilib berasan, deb topshirdi. Afandi o`n yil muddat bilan xizmat haqiga ming tilla so`radi. Podsho Afandining taklifiga ko`ndi va shunday shart qo`ydi:
— Aytgan muhlatingda eshakni mulla qilib bermasang boshingni olaman! Afandi ham shartga rozi bo`ldi va ming tilla bilan eshakni olib uyiga jo`nadi. Afandi voqeani xotiniga aytib bergan edi, u juda qo`rkib ketdi.
— Voy, sho`rim qursin, eshak ham mulla bo`ladimi?
— Ey, xotin! — taskin bera boshladi, Afandi,— nimaga qo`rqasan, o`n yilgacha kim boru kim yo`q, yo Podsho o`ladi, yo eshak.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Podsho Afandiga bir eshakni mulla qilib berasan, deb topshirdi. Afandi o`n yil muddat bilan xizmat haqiga ming tilla so`radi. Podsho Afandining taklifiga ko`ndi va shunday shart qo`ydi: