Bir kuni afandi
Afandi yangi uy qurdirish niyatida chiroyli, baland uylarga qarab yurgan ekan. Bir kuni oldidan judayam hashamatli uy chikibdi. Bu uy afandiga yoqib, uyni qurgan ustani topmoqchi bo`lib tursa, bitta rus yigit o`tib qolibdi.
— Bu uyni kim qurganini bilmaysanmi?, - desa,
— Ya neznayu, - debdi yigit.
Afandi esa bu "Ya neznayu" deganlari ustani ismi deb o`ylabdi. Uni qidirib ketayotsa, oldidan yana bitta chiroyli uy chiqibdi. Bu uy oldingisidan ham chiroyli ekan. Bu uyni qurgan ustaga uyimni qurdiraman, degan hayolda tursa, oldidan rus ayol chiqibdi.
— Bu uyni kim qurganini bilmaysizmi?, - debdi afandi.
Ayol esa:
— Ya neznayu, - deb javob qaytaribdi.
— "Ya neznayu" degani o`ylaganimdanam zo`r ekan. Bu ustaning uyini albatta topaman, - deb ketaveribdi.
Bir payt oldidan qabr chiqibdi. Qabrning yonginasidan o`tib ketayotgan rus choldan:
— Bu kimning qabri?, - so`rabdi afandi.
Chol esa:
— Ya neznayu, - debdi.
Afandi cholning javobini eshitib:
— Kech qolibman-da, - degan ekan.

Qahraton qishda afandining uyiga mehmon kelibdi. Afandi issiq sandalda dutor chalib o`tirgan ekan. Duoi fotihadan so`ng mehmon so`radi:
— Yangamiz ko`rinmaydilar?
— Tashqarida o`tin yoryapti.
— Siz issiq uyda dutor chalib o`tirsangiz, ayolingiz sovuqda o`tin yorsa, shuyam insofdanmi?, - debdi mehmon.
— Yangangiz dutor chalishni bilmasa, nima qilay?

Afandining xotini homilador ekan. Vaqti-soati yetgach, tug`ruqxonaga olib boribdi. Bir soat kutibdi, ikki soat kutibdi. Oradan uch soat o`tgach, vrach afandiga derazadan qop-qora chaqaloq ko`rsatib: — Tabriklayman, o`g`illi bo`ldingiz!, - desa, afandi:
— Ovqatni-ku nuqul kuydirardi. Bolaniyam kuydirvaribdi, - dermish.

Bir kuni afandi ko`chada ketayotsa, yo`l chetida hamyon yotganmish. Hamyonni olib uch martta "kimniki?" debdi. Ichini ochib qarasa, anchagina pul bor ekan. Pullarni olib, cho`ntagiga solsa, hamyonda ko`zguyam borakan. Unga qarab, o`z aksini ko`ribdi-da:
— Iye, aka hamyon siznikimidi? Uzr, - debdi-da, pullarni qaytarib solib, hamyonni yerga tashlab ketgan ekan.

Afandi bir kuni pulsiz qolib qo`liga ikki quloch arqonni oldi-da, mardikor bozorga chiqdi. U mardikorlar qatorida o`tirgan edi bir kishi kelib:
— Bir yashik oyna bor, kimki shuni uyimga eltib bersa, pul o`rniga uchta hikmatli gap aytaman, - dedi.
Mardikorlar: «Quruq gap — quloqqa yoqmas» deb, indamay o`tiraverishdi.
Afandi yashik egasining shartiga rozi bo`ldi-da, yashikni ko`tarib borar ekan:
— Qani, hikmatli gaplaringizni ayting, - dedi.
— Birinchi gapim shuki: Agar birov sizga «to`qlikdan ochlik yaxshi» desa, aslo ishonmang, - dedi oyna egasi.
— Hay-hay, buncha yaxshi, - dedi Afandi,— qani, ikkinchisini ham eshitaylik?,
— Agar birov sizga «otliq yurishdan yayov yurish yaxshi» desa, aslo ishonmang.
— Hay-hay, bunisi undan ham o`tkir gap ekan,— dedi Afandi,— qani, uchinchisini eshitaylik?
Oyna egasi:
— Agar birov sizga «syendan ko`ra ahmoqroq mardikor bor» desa, aslo ishonmang, - degan edi, Afandi yashikni ko`tarib turib yerga bir urdi-da:
— Agar birov sizga «shu yashikning ichidagi oynalardan birontasi butun qoldi» desa aslo ishonmang! - dedi.

Bir kuni Afandi bilan xotini hayvonot bog`iga borishibdi. Xotini hayvonlarga qarab yig`laganini ko`rib, uning yoniga borib mehribonlik bilan so`rabdi:
— Xotin nega yig`layapsan?
— Dadasi qarang, shuncha shuba bekorga yotibdi-ya.

Bir kuni Afandi bozordan yuk ko`tarib kelayotgan ekan, bir qo`shnisi uni ko`rib:
— E, qo`shni men ham bozorga ketayotgan edim, etmabsiz-de mashinamda birga borib kelardik, - debdi
Shunda Afandi:
— Rostanmi? Yaxshi ettingiz, yana u bu narsalar olishim kerak edi, hozir chiqaman. Qo`shni bor bo`ling, - desa Haligi qo`shni ichida:
— Qo`qon ma’ziratni ham bilmaydi bu galvars. Sen yetmay turuvding, - dermish

Afandi erta bahorda boqqa qalamcha ekayotgan bog`bondan so`radi:
— Nima ekayotibsiz?
— Ko`chat, - dedi bog`bon,- hademay ko`karib mevaga kiradi.
— Hammasi quruq kaltak-ku! - dedi Afandi taajjublanib.
— Ha, yer-suv quruq kaltakni ham ko`kartiraveradi.
— Bo`masa meni ham yerga ko`mib qo`ying, - iltimos qildi Afandi.
Bog`bon kulib Afandining beligacha tuproq tortib ko`mib qo`ydi.
Afandy peshingacha izg`irin shamolda turdi, qorni ochdi, badaniga zax o`tdi. Bog`bon peshinda ovqatga o`tirganida Afandi qichqirdi:
— Taqsir, men bu yerda tomir otib, mevaga kirmaydiganga o`xshayman, iloji bo`lsa meni ovqatga yaqinroq joyga o`tqazsangiz.

Afandi birovning bog`iga kirib, o`rik o`g`irlayotgan edi,
bog`bon kelib qoldi. .
— Kimsan!?—dedi bog`bon.
Afandi o`rikning tanasiga yopishib olib javob berdi:
— Men o`rikning yelimiman. Bog`bon yana so`radi:
— Yelim ham gapiradimi?
— Kechirasiz,— dedi Afandi,— bilmabman, chip-chip-chip...

Afandi bozordan o`n so`mga ot olib kelayotgan edi, yo`lda odamlar «necha pulga oldingiz» deb so`rashdi. U so`raganlarga «o`zlaringiz chamalab ko`ring, necha pulga olsa bo`ladi» dedi. Birov «o`n besh so`mga oldingizmi?» degan edi, u «besh so`m foyda qildim» dedi, boshqa bir kishi: «yigirma so`m bo`ldimi?» degan edi, «o`n so`m foyda qildim» deb keta berdi.
Afandi uyiga kelgach, qizi yugurib chiqib so`radi:
— Dada, otni necha pulga oldingiz?
— Qizim, o`zing chamalachi, necha pulga olsa bo`ladi.
— Besh so`mga oldingizmi?
— Qoch, qizim! Ot tepib qoladi,— dedi achchig`lanib Afandi.