Latifa matni:
Afandi qozilik qilib turganda, bir dehqon bilan duradgor arzga keldilar. O`z foydasiga hukm chiqarishini iltimos qilib duradgor Afandiga eshik, dehqon esa ho`kiz pora berdi. Afandi masalani kimning foydasiga hal qilish haqida ko`p o`ylanib, oxiri dehqon foydasiga hukm chiqardi.
Bundan xafa bo`lgan duradgor:
— Taqsir, bizning eshik nima bo`ldi? - deb so`radi.
— Eshigingizni ho`kiz suzib sindirib qo`ydi, - javob berdi Afandi.