Afandi bir poshshoga
Latifa matni:
Afandi bir poshshoga baliq sovg`a qildi. Poshsho bu sovg`a uchun Afandiga xazinadan bir tilla in’om qildi. Afandi chiqib ketishi bilan vazir poshshoga dedi:
— Har kim baliq ko`tarib kelsa bir tilladan beraversangiz xazina bo`shab qoladi-ku?
— Darvoke, aytganingiz to`g`ri. Nima qilish kerak?
— Darhol Afandini qaytarib kelishni buyuring,— dedi vazir.
Poshsho Afandining ketidan odam yubordi-da, vazirga dedi:
— Tillani qaytarib ber desak kanday bo`lar ekan?
— Buning iloji oson,— dedi vazir,— Afandidan balig`ing erkakmi, urg`ochimi deb so`raysiz, urg`ochi desa, «Menga erkak baliq kerak» deysiz, erkak desa, «Menga urg`ochi baliq kerak» deysizu tillani qaytarib olasiz.
Afandi keldi. Poshsho undan so`radi:
— Balig`ing erkakmi urg`ochimi?
Afandi poshshoning niyatini payqab:
— Balig`im xunasa edi,— deb javob berdi.
Poshsho uning ziyrakligiga qoyil qolib, yana bir tilla in’om qildi.