Shahar hokimi ovqatdan
Latifa matni:
Shahar hokimi ovqatdan boshqa narsani sira o`ylamas edi. Bir kuni u shaharning ko`zga ko`ringan odamlarini chaqirib, ulardan bilgan ovqatlarining nomini yozib berishini talab qildi.
Ular orasida Afandi ham bor edi. U hokimdan ertalabgacha muhlat olib ketdida, nonushtada kelib hokimga arz qildi:
— Asal bilan sarimsoq piyoz qo`shib qovurilsa, ajoyib ovqat bo`ladi.
Hokim darhol oshpaziga o`shanday ovqat tayyorlashni buyurdi.
Ovqat keltirilgach hokim bir qoshiq yedi-da, Afandiga qarab qichqirdi:
— O`zing topgan ovqatingni o`zing ye, ahmoq! Afandi noiloj yeya boshlagan edi, hokim so`radi:
— Qalay, ajoyib lazzatli ovqat ekanmi?!
— Taqsir, men buni faqat o`ylab ko`rgan edim, xolos. Biror marta bunday ovqat qilib yegan emasman. Endi bilsam, xayol haqiqatga to`g`ri kelmas ekan,— javob berdi Afandi.