Latifa matni:
Bir kuni afandi ko`chada ketayotsa, yo`l chetida hamyon yotganmish. Hamyonni olib uch martta "kimniki?" debdi. Ichini ochib qarasa, anchagina pul bor ekan. Pullarni olib, cho`ntagiga solsa, hamyonda ko`zguyam borakan. Unga qarab, o`z aksini ko`ribdi-da:
— Iye, aka hamyon siznikimidi? Uzr, - debdi-da, pullarni qaytarib solib, hamyonni yerga tashlab ketgan ekan.