Latifa matni:
Afandi birovning bog`iga kirib, o`rik o`g`irlayotgan edi,
bog`bon kelib qoldi. .
— Kimsan!?—dedi bog`bon.
Afandi o`rikning tanasiga yopishib olib javob berdi:
— Men o`rikning yelimiman. Bog`bon yana so`radi:
— Yelim ham gapiradimi?
— Kechirasiz,— dedi Afandi,— bilmabman, chip-chip-chip...