Bir kuni afandi
Afandining buzog`i bo`shalib ketib, yoyig`liq turgan g`o`zani yeya boshladi. Afandi buzoqni quvlagan edi, u tutqich bermay shataloq otib ketdi. Afandi borib, bog`liq turgan sigirni kaltaklay boshladi. Afandining xotini uning qo`lidan kaltakni tortib olib:
— G`o`zani yegan buzog`u, sigir bechorani nega urasiz?— dedi.
— Suv boshidan loyqa, bolasiga tarbiya bera olmagan, arqonini uzib, g`o`za yeyishni bolasiga onasi o`rgatgan, ayb sigirda, — dedi Afandi.

Afandi bozorga to`ti sotgani chiqibdi. To`tisining bir oyog`iga qizil, ikkinchi oyog`iga oq ip bog`langan emish.
Odamlar:
— Afandim, bu iplarni nega bog`ladingiz, - desa,
Afandi:
— Bu to`ti donishmand. Qizil ipdan tortsanggiz so`kadi, qarg`aydi. Oq ipdan tortsangiz, yaxshi gaplarni gapiradi, - debdi.
Bir kishi:
— Ikkala ipni baravar tortsa nima bo`ladi? - desa,
To`ti:
— Baraka topgur, kaltafahm, tentak ekansan, ... yiqilib tushaman-ku! - dermish.

Boy Afandiga ertalabdan kechgacha beda o’rdiribdi.Evaziga ikki bog’ beda berib:
— Mana xizmat haqqing! desa Afandi:
— Voy voo, ertadan to kechgacha eshshak uchun ishlabmanu! dermish...)))

Afandini ikkita xotini bo`lgan ekan. Kunlarning birida afandidan birinchi xotini so`rabdi:
— Qaysi birimizni ko`proq sevasiz?
— Ikkovingni-yam birdek sevaman, - debdi afandi.
— Agar ikkala xotiningiz cho`kayotgan bo`lsa, kimni birinchi qutqarasiz? - so`rabdi yana xotini. Afandi bo`lsa:
— Sen suzishni bilasan-ku..., - dermish.

Afandi ko`chada ketayotsa, do`sti so`rabdi:
— Ha, afandi, yo`l bo`lsin?
— Tabibga ketyapman, - javob berdi Afandi.
— Soppa-sog`siz-ku, axir?
— E, birodar, navbat kelguncha kasal bo`laman-da!

Bir kuni afandi baliq oviga boribdi.
Havo aynib, sovib ketibdi. Shunda afandi baliq to`riga o`ranvolib, — baribir sovuq-da..., - dermish.

Suv ostida uzoq turish bo`yicha musobaqa o`tkazilibdi. Bitta yosh yigit, bitta kishi va afandi qatshanibdi.
Yigit suvni tagida o`n minut, boyagi kishi esa yigirma minut nafas olmay turishibdi.
Navbat afandiga kyelibdi. Afandi suv ostida yarim soat qolib ketibdi. Chiqganida hamma undan so`ray boshlabdi:
— Qanday qilib buncha vaqt suv tagida tura oldingiz?, - deyishsa, afandi:
— La’nati shimim ilinib qolmaganida allaqachon chiqardim, - dermish.

Bir kuni afandining xotini chuchvara tugib o`tirsa, yoniga mushugi kelib suykalibdi. Xotini uni bir tepib, haydabdi. Mushuk qasd olmoqchi bo`libdi.
Chuchvara pishgach, afandi endi yemoqchi bo`lib turgan ekan, mushugi unga ham suykala boshlabdi. Afandi birinchi chuchvarani mushukka bersa, mushuk chuchvarani yeb, o`zini o`lganga solib yerga yotib olibdi.
Afandi xotiniga:
— Meni o`ldirmoqchi bo`ldingmi?, - deb baqira ketibdi.
Mushuk esa bitta ko`zini ochib:
— Ajab bo`pti, - dermish.

Bir podshoh she’r yozib saroy ahliga o`qib beribdi. Hamma maqtabdi. Faqat Afandi jim turganmish. Podshoh:
— Sen nima deysan?, - desa Afandi:
— Bunaqa rasvo she’rni eshitmaganman, - debdi.
Podshohni jahli chiqib, zindonga tashlabdi. Bir haftadan keyin Afandini shohni yoniga olib borishibti. Podsho yangi she’rni o`qib berib, — Qalay chiqibdi?, - desa, Afandi indamasdan o`girilib ketayotganmish.
Podshoh:
— Qayoqqa?, - desa, Afandi:
— Zindon qayerda edi, - dermish.

Afandi o`g`li bilan ketayotsa, yonidan bir kal kishi o`tib qolibdi. O`g`li afandiga qarab:
— Dada qarang, anavi amaki kal ekan, - desa, afandi:
— Sekinroq gapir, eshitib qoladi, - debdi.
Shunda o`g`li:
— Nima dada, u amaki kalligini o`zi bilmaydimi?, - dermish.