Latifa matni:
Afandi erta bahorda boqqa qalamcha ekayotgan bog`bondan so`radi:
— Nima ekayotibsiz?
— Ko`chat, - dedi bog`bon,- hademay ko`karib mevaga kiradi.
— Hammasi quruq kaltak-ku! - dedi Afandi taajjublanib.
— Ha, yer-suv quruq kaltakni ham ko`kartiraveradi.
— Bo`masa meni ham yerga ko`mib qo`ying, - iltimos qildi Afandi.
Bog`bon kulib Afandining beligacha tuproq tortib ko`mib qo`ydi.
Afandy peshingacha izg`irin shamolda turdi, qorni ochdi, badaniga zax o`tdi. Bog`bon peshinda ovqatga o`tirganida Afandi qichqirdi:
— Taqsir, men bu yerda tomir otib, mevaga kirmaydiganga o`xshayman, iloji bo`lsa meni ovqatga yaqinroq joyga o`tqazsangiz.