Latifa matni:
Qahraton qishda afandining uyiga mehmon kelibdi. Afandi issiq sandalda dutor chalib o`tirgan ekan. Duoi fotihadan so`ng mehmon so`radi:
— Yangamiz ko`rinmaydilar?
— Tashqarida o`tin yoryapti.
— Siz issiq uyda dutor chalib o`tirsangiz, ayolingiz sovuqda o`tin yorsa, shuyam insofdanmi?, - debdi mehmon.
— Yangangiz dutor chalishni bilmasa, nima qilay?