Afandi bir kuni pulsiz
Latifa matni:
Afandi bir kuni pulsiz qolib qo`liga ikki quloch arqonni oldi-da, mardikor bozorga chiqdi. U mardikorlar qatorida o`tirgan edi bir kishi kelib:
— Bir yashik oyna bor, kimki shuni uyimga eltib bersa, pul o`rniga uchta hikmatli gap aytaman, - dedi.
Mardikorlar: «Quruq gap — quloqqa yoqmas» deb, indamay o`tiraverishdi.
Afandi yashik egasining shartiga rozi bo`ldi-da, yashikni ko`tarib borar ekan:
— Qani, hikmatli gaplaringizni ayting, - dedi.
— Birinchi gapim shuki: Agar birov sizga «to`qlikdan ochlik yaxshi» desa, aslo ishonmang, - dedi oyna egasi.
— Hay-hay, buncha yaxshi, - dedi Afandi,— qani, ikkinchisini ham eshitaylik?,
— Agar birov sizga «otliq yurishdan yayov yurish yaxshi» desa, aslo ishonmang.
— Hay-hay, bunisi undan ham o`tkir gap ekan,— dedi Afandi,— qani, uchinchisini eshitaylik?
Oyna egasi:
— Agar birov sizga «syendan ko`ra ahmoqroq mardikor bor» desa, aslo ishonmang, - degan edi, Afandi yashikni ko`tarib turib yerga bir urdi-da:
— Agar birov sizga «shu yashikning ichidagi oynalardan birontasi butun qoldi» desa aslo ishonmang! - dedi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi bir kuni pulsiz qolib qo`liga ikki quloch arqonni oldi-da, mardikor bozorga chiqdi. U mardikorlar qatorida o`tirgan edi bir kishi kelib: