Afandi yangi uy qurdirish
Latifa matni:
Afandi yangi uy qurdirish niyatida chiroyli, baland uylarga qarab yurgan ekan. Bir kuni oldidan judayam hashamatli uy chikibdi. Bu uy afandiga yoqib, uyni qurgan ustani topmoqchi bo`lib tursa, bitta rus yigit o`tib qolibdi.
— Bu uyni kim qurganini bilmaysanmi?, - desa,
— Ya neznayu, - debdi yigit.
Afandi esa bu "Ya neznayu" deganlari ustani ismi deb o`ylabdi. Uni qidirib ketayotsa, oldidan yana bitta chiroyli uy chiqibdi. Bu uy oldingisidan ham chiroyli ekan. Bu uyni qurgan ustaga uyimni qurdiraman, degan hayolda tursa, oldidan rus ayol chiqibdi.
— Bu uyni kim qurganini bilmaysizmi?, - debdi afandi.
Ayol esa:
— Ya neznayu, - deb javob qaytaribdi.
— "Ya neznayu" degani o`ylaganimdanam zo`r ekan. Bu ustaning uyini albatta topaman, - deb ketaveribdi.
Bir payt oldidan qabr chiqibdi. Qabrning yonginasidan o`tib ketayotgan rus choldan:
— Bu kimning qabri?, - so`rabdi afandi.
Chol esa:
— Ya neznayu, - debdi.
Afandi cholning javobini eshitib:
— Kech qolibman-da, - degan ekan.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi yangi uy qurdirish niyatida chiroyli, baland uylarga qarab yurgan ekan. Bir kuni oldidan judayam hashamatli uy chikibdi. Bu uy afandiga yoqib, uyni qurgan ustani topmoqchi bo`lib tursa, bitta rus yigit o`tib qolibdi.