Bir kuni afandi
Afandi dalada tushlik vaqtida ikki qo`shnisi bilan ovqat yegani o`tirdi. Bitta tog`orachaga go`jani qo`yib, Afandi sherigi bilan unga non to`g`ray boshladi, ikkinchi sherigi esa, tog`orachaga to`g`ralgan nonni indamasdan yeyaverdi. Afandi qo`liga mis cho`michni olib, uning kallasiga urgan edi, sherigi yumalab jon bera qoldi.
Afandi bo`lsa nima qilishini bilmay aytar edi:
— Non to`g`ra desang, to`g`ramaydi, qoshiqni qo`lidan qo`ymaydi, tog`orachadan ko`zini uzmaydi, sal narsaga o`lib yotib oladi, shu ham sherikmi!

Afandi Samarqandda o`tgan azizlarni yaxshi biladigan mullaning hujrasiga mehmon bo`lgan edi, mezbon kechgacha azizlarni gapirib, mehmonga dasturxon ham yozmadi. Qorni nihoyatda ochgan Afandi mullaga luqma tashladi:
— Taqsir, o`sha azizlar ovqat yeyisharmidi?

Poshsho bir o`lkaga yurish qilish oldidan Afandiga buyurdi:
— Yeb-ichib yotish yetar endi, sen ham yurishga tayyorlan, Davrimiz — qilich, kamon, o`qlar asri, gap-so`zniki emas. Bu yurishda men bilan birga bo`lasan!
Afandi yurishdan qoldirishini so`rab qancha yalinmasin natija chiqmadi. Oxiri u nochor bir kamonni yelkasiga ilib, eshagiga minib poshshoning huzuriga yetib keldi. Bu ahvoldan ajablangan poshsho kulib undan so`radi:
— Afandi, bu nima qiliq? Nahotki, ot topolmay eshak minib kelgan bo`lsang?
— Iloji bo`lmadi, shohim, eshagim yalinib: «Poshshoning sendan ajralgusi kelmasa, men ham sendan ajrala olmayman, sen qayerda bo`lsang, birga borishim kerak», - deb turib oldi.
Afandining tixirligini ko`rgan poshsho atrofdagilarga ham ta’sir qilish maqsadida:
— Yaxshi kamon olibsanu o`qing ko`rinmaydi.
— Uq menda yo`q.
— Dushmanni nima bilan otasan?
— Bizga otgan o`qlarini terib olib, o`zlariga otaman,
— Ahmoq ekansan, agar dushman bizga qarshi sira ham otmasachi?
— Agar dushman bizga qarshi otmasa, juda yaxshi, unda urush bo`lmaydi! Menga o`qning nima keragi bor,— javob berdi Afandi.

Afandi savatday sallani o`rab ko`chada borar edi, yo`lda bir kishi uning yo`lini to`sib, iltimos qildi:
— Taqsir, shu xatni o`qib bersangiz?
— Men o`qishni bilmayman,— dedi Afandi. U odam hayron bo`lib so`radi:
— Boshingizda shunday katta salla bilan xat o`qishni bilmaysizmi?
Afandi boshidan sallasini olib, uning boshiga kiydirar ekan, aytdi:
— Gap sallada bo`lsa ol, o`zing o`qi!

Afandining bir o`rtog`i kasal bo`lib qoldi, uni ko`rgani borish oldidan xotinidan maslahat so`radi:
— Kasal ko`rgani borganda nima deyiladi?
— Borib «ahvolingiz qalay?» deb so`raysiz, u «shukur, yaxshiman» deydi, siz «xayriyat» deysiz, «ishtahangiz qalay, nima yegingiz keladi?» deb so`raysiz, u ko`ngli tortgan ovqatni aytadi, siz «undan ko`proq yeb turing, men ham yanagi kelishimda olib kelaman» deysiz, qaytar vaqtingizda yaqin o`rtoqlaringiz kelyapdimi» deysiz, u «ha, kelyapti» deydi, siz «xayriyat, kelib turishgan bo`lsa yaxshi, men ham ko`rinib qolishsa aytib yuboraman» deb kelaverasiz, — dedi xotini.
Afandi o`rtog`inikiga bordi, u og`ir ahvolda yotar edi, Afandi undan so`radi:
— Ahvolingiz qalay?
— Ko`rib turibsizku, o`ladigan bo`lib qoldim.
— Xayriyat, — degan edi, kasal ijirg`ilandi, Afandi so`roqni davom ettirdi:
— Ishtahangiz qalay, nima yegingiz keladi?
— Ajalning urug`ini!
— Ushandan ko`p-ko`p yeb turing, — taskin berdi Afandi, — men ham yanagi kelishimda undan olib kelaman.
Afandining bu gapidan asabi buzilgan kasal teskari qarab oldi. Nihoyat, Afandi yana so`radi:
— Mendan boshqa o`rtoqlaringiz ham ko`rgani kelishyaptimi?
— Ha, Azroil kelyapti! — dedi achchig`lanib kasal.
— Xayriyat, kelgani yaxshi, men ham ko`cha-kuyda ko`rinib qolsa, aytib yuboraman,— deb Afandi jo`nab ketdi.

Afandi hokimning mahkamasida o`tirgan edi, bir o`g`rini tutib kelishdi. Hokim o`g`rini tanib baqirdi:
— Ablah, qanday benomus o`g`risan? Shu bilan mahkamamga sakkizinchi marta kelishing!
Buni eshitib Afandi kulib yubordi. Hokim Afandiga zahrini sochdi.
— Nega kulasiz? Afandi javob berdi:
— Mahkamangizga bu o`g`ri sakkiz marta kelgan bo`lsa nima qipti, har kuni keladigan o`g`rilar ham bor-ku!

Afandining buzog`i bo`shalib ketib, yoyig`liq turgan g`o`zani yeya boshladi. Afandi buzoqni quvlagan edi, u tutqich bermay shataloq otib ketdi. Afandi borib, bog`liq turgan sigirni kaltaklay boshladi. Afandining xotini uning qo`lidan kaltakni tortib olib:
— G`o`zani yegan buzog`u, sigir bechorani nega urasiz?— dedi.
— Suv boshidan loyqa, bolasiga tarbiya bera olmagan, arqonini uzib, g`o`za yeyishni bolasiga onasi o`rgatgan, ayb sigirda, — dedi Afandi.

Afandini bog`iga o`g`ri tushipti, uni ko`rib qolgan afandi baqirib o`g`riga do`q qilipti:
— Uyalmaysanmi birovni bog`ida o`g`rilik qilgani?
O`g`ri:
— O`zing nimaga xotininga yangi ko`ylak obermaysan?
Afandi:
— Seni o`g`riliging bilan meni xotinimni ko`ylagini nima aloqasi bor???
O`g`ri:
— Gapni kavlasa, gap chiqaveradi-de - degan ekan.

Afandi bilan Vali bir boynikiga ziyofatga borgan ekan. Ziyofat chog`ida Afandi ko`z qiri bilan Vali tomon qarasa, Vali sekin tilla qoshiqni kostyumining ichki cho`ntagiga solayotgan ekan.
Afandi biroz fursat o`tkazib, o`rtoqlar "men fokus ko`rsatmoqchiman", deb hammani o`ziga qaratib, davom etibdi:
"Hozir mana bu qoshiqni shundoq cho`ntagimga solib, Valini cho`ntagidan chiqarib beraman", - degan ekan.

Afandi kasal bo`lib tabibga borgan edi, g`oz sho`rva ichishni buyurdi. G`oz sotib olishga qurbi yetmaganidan Afandi yelkasiga kamalakni osib, beliga ikkita nonni tugib, ko`lga g`oz ovlagani bordi. Qarasa, ko`lda g`oz ko`p, biroq u kechgacha urinsa ham, bironta g`oz ovlayolmadi. Nihoyat charchab, och qolib ko`lning suviga non botirib yeya berdi. Shu vaqt bir ovchi kelib:
— Ha, Afandi nima qilib o`tiribsiz!—so`radi.
— G`oz sho`rva ichayotibman,— javob berdi Afandi.
— Go`shti qani, yo`q-ku?
— Go`shtini tuzlab patiga o`rab qo`ydim, huv, ana!— deb uchib ketayotgan g`ozlarni ko`rsatdi Afandi.