Poshsho bir o`lkaga
Latifa matni:
Poshsho bir o`lkaga yurish qilish oldidan Afandiga buyurdi:
— Yeb-ichib yotish yetar endi, sen ham yurishga tayyorlan, Davrimiz — qilich, kamon, o`qlar asri, gap-so`zniki emas. Bu yurishda men bilan birga bo`lasan!
Afandi yurishdan qoldirishini so`rab qancha yalinmasin natija chiqmadi. Oxiri u nochor bir kamonni yelkasiga ilib, eshagiga minib poshshoning huzuriga yetib keldi. Bu ahvoldan ajablangan poshsho kulib undan so`radi:
— Afandi, bu nima qiliq? Nahotki, ot topolmay eshak minib kelgan bo`lsang?
— Iloji bo`lmadi, shohim, eshagim yalinib: «Poshshoning sendan ajralgusi kelmasa, men ham sendan ajrala olmayman, sen qayerda bo`lsang, birga borishim kerak», - deb turib oldi.
Afandining tixirligini ko`rgan poshsho atrofdagilarga ham ta’sir qilish maqsadida:
— Yaxshi kamon olibsanu o`qing ko`rinmaydi.
— Uq menda yo`q.
— Dushmanni nima bilan otasan?
— Bizga otgan o`qlarini terib olib, o`zlariga otaman,
— Ahmoq ekansan, agar dushman bizga qarshi sira ham otmasachi?
— Agar dushman bizga qarshi otmasa, juda yaxshi, unda urush bo`lmaydi! Menga o`qning nima keragi bor,— javob berdi Afandi.