Afandi dalada tushlik
Latifa matni:
Afandi dalada tushlik vaqtida ikki qo`shnisi bilan ovqat yegani o`tirdi. Bitta tog`orachaga go`jani qo`yib, Afandi sherigi bilan unga non to`g`ray boshladi, ikkinchi sherigi esa, tog`orachaga to`g`ralgan nonni indamasdan yeyaverdi. Afandi qo`liga mis cho`michni olib, uning kallasiga urgan edi, sherigi yumalab jon bera qoldi.
Afandi bo`lsa nima qilishini bilmay aytar edi:
— Non to`g`ra desang, to`g`ramaydi, qoshiqni qo`lidan qo`ymaydi, tog`orachadan ko`zini uzmaydi, sal narsaga o`lib yotib oladi, shu ham sherikmi!
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi dalada tushlik vaqtida ikki qo`shnisi bilan ovqat yegani o`tirdi. Bitta tog`orachaga go`jani qo`yib, Afandi sherigi bilan unga non to`g`ray boshladi, ikkinchi sherigi esa, tog`orachaga to`g`ralgan nonni indamasdan yeyaverdi. Afandi qo`liga mis cho`michni olib, uning kallasiga urgan edi, sherigi yumalab jon bera qoldi.
Afandi bo`lsa nima qilishini bilmay aytar edi:
— Non to`g`ra desang, to`g`ramaydi, qoshiqni qo`lidan qo`ymaydi, tog`orachadan ko`zini uzmaydi, sal narsaga o`lib yotib oladi, shu ham sherikmi!