Afandining bir o`rtog`i
Latifa matni:
Afandining bir o`rtog`i kasal bo`lib qoldi, uni ko`rgani borish oldidan xotinidan maslahat so`radi:
— Kasal ko`rgani borganda nima deyiladi?
— Borib «ahvolingiz qalay?» deb so`raysiz, u «shukur, yaxshiman» deydi, siz «xayriyat» deysiz, «ishtahangiz qalay, nima yegingiz keladi?» deb so`raysiz, u ko`ngli tortgan ovqatni aytadi, siz «undan ko`proq yeb turing, men ham yanagi kelishimda olib kelaman» deysiz, qaytar vaqtingizda yaqin o`rtoqlaringiz kelyapdimi» deysiz, u «ha, kelyapti» deydi, siz «xayriyat, kelib turishgan bo`lsa yaxshi, men ham ko`rinib qolishsa aytib yuboraman» deb kelaverasiz, — dedi xotini.
Afandi o`rtog`inikiga bordi, u og`ir ahvolda yotar edi, Afandi undan so`radi:
— Ahvolingiz qalay?
— Ko`rib turibsizku, o`ladigan bo`lib qoldim.
— Xayriyat, — degan edi, kasal ijirg`ilandi, Afandi so`roqni davom ettirdi:
— Ishtahangiz qalay, nima yegingiz keladi?
— Ajalning urug`ini!
— Ushandan ko`p-ko`p yeb turing, — taskin berdi Afandi, — men ham yanagi kelishimda undan olib kelaman.
Afandining bu gapidan asabi buzilgan kasal teskari qarab oldi. Nihoyat, Afandi yana so`radi:
— Mendan boshqa o`rtoqlaringiz ham ko`rgani kelishyaptimi?
— Ha, Azroil kelyapti! — dedi achchig`lanib kasal.
— Xayriyat, kelgani yaxshi, men ham ko`cha-kuyda ko`rinib qolsa, aytib yuboraman,— deb Afandi jo`nab ketdi.