Latifa matni:
Afandi Samarqandda o`tgan azizlarni yaxshi biladigan mullaning hujrasiga mehmon bo`lgan edi, mezbon kechgacha azizlarni gapirib, mehmonga dasturxon ham yozmadi. Qorni nihoyatda ochgan Afandi mullaga luqma tashladi:
— Taqsir, o`sha azizlar ovqat yeyisharmidi?