Afandi kasal bo`lib
Latifa matni:
Afandi kasal bo`lib tabibga borgan edi, g`oz sho`rva ichishni buyurdi. G`oz sotib olishga qurbi yetmaganidan Afandi yelkasiga kamalakni osib, beliga ikkita nonni tugib, ko`lga g`oz ovlagani bordi. Qarasa, ko`lda g`oz ko`p, biroq u kechgacha urinsa ham, bironta g`oz ovlayolmadi. Nihoyat charchab, och qolib ko`lning suviga non botirib yeya berdi. Shu vaqt bir ovchi kelib:
— Ha, Afandi nima qilib o`tiribsiz!—so`radi.
— G`oz sho`rva ichayotibman,— javob berdi Afandi.
— Go`shti qani, yo`q-ku?
— Go`shtini tuzlab patiga o`rab qo`ydim, huv, ana!— deb uchib ketayotgan g`ozlarni ko`rsatdi Afandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi kasal bo`lib tabibga borgan edi, g`oz sho`rva ichishni buyurdi. G`oz sotib olishga qurbi yetmaganidan Afandi yelkasiga kamalakni osib, beliga ikkita nonni tugib, ko`lga g`oz ovlagani bordi. Qarasa, ko`lda g`oz ko`p, biroq u kechgacha urinsa ham, bironta g`oz ovlayolmadi. Nihoyat charchab, och qolib ko`lning suviga non botirib yeya berdi. Shu vaqt bir ovchi kelib: