Latifa matni:
Afandi savatday sallani o`rab ko`chada borar edi, yo`lda bir kishi uning yo`lini to`sib, iltimos qildi:
— Taqsir, shu xatni o`qib bersangiz?
— Men o`qishni bilmayman,— dedi Afandi. U odam hayron bo`lib so`radi:
— Boshingizda shunday katta salla bilan xat o`qishni bilmaysizmi?
Afandi boshidan sallasini olib, uning boshiga kiydirar ekan, aytdi:
— Gap sallada bo`lsa ol, o`zing o`qi!