Bir kuni afandi
Afandi daryoda cho`milayotgan edi, to`r tashlayotgan baliqchilarni ko`rib qoldi. Afandi sho`ng`ib borib to`rga kirdi. Baliqchilar to`rga juda katta baliq ilindi degan xayolda to`rni tortib olishdi, qarashsa, Afandi iljayib o`tiribdi.
— Afandi, bizni laqillatib, to`rda nima qilib yuribsiz?— deyishdi baliqchilar.
— Juda ko`p yillardan beri baliq bo`lib, to`rga tushishni orzu qilib yurar edim, armonda ketmay dedim,— javob berdi Afandi.

Bir kuni Afandining choponini o`g`ri olib qochdi. Afandi o`g`rining orqasidan quvlamay to`g`ri qabristonga bordi-da, bir ochiq go`r ustida o`tirdi. Bu voqeadan xabardor bir odam Afandiga:
— Choponingizni olgan o`g`ri hu, u yoqqa qochdi, siz bu yerda nima qilib o`tiribsiz?—dedi.
— Qayoqqa qochmasin, baribir axir bir kun shu yerga keladi,— dedi Afandi.

Bir bemor Afandiga - hasrat qildi:
— O`zimni ikkita doktorga ko`rsatgan edim, ikkalasi ikki hil maslahat berdi, biri dengizga bor deydi, ikkinchisi piyoda yur deydi.
— Unda dengizga piyoda bora qoling,— dyedi Afandi.

Afandi bir ashulachining ovozini hech yoqtirmas, u qayerda ashula aytsa, sekin turib ketar edi. Bir kuni Afandi ko`chada ketayotsa, o`sha ashulachi bir bola bilan kelayotgan ekan. Afandi so`radi:
— Bu bola kimingiz bo`ladi?
— O`g`lim,— dedi ashulachi.
Afandi peshonasiga urib dedi:
— Biz-ku, mayli edi-ya, endi bola-chaqalarimizning ham sho`ri qurir ekan-da!

Afandi bir kuni eshak minib ketayotsa, chorrahada DAN xodimi ko`rib Afandini to`xtatibdi, shunda Afandi tormoz ishlamaydi, deb o`tib ketibdi.
Poshsho bir kuni Afandini koyidi:
— Falonchiga bir ish buyursam, hamma vaqt ikki-uch ishni biryo`la bajarib keladi. Siz esa birorta ishni ham tuzukroq bajarib kelolmaysiz!
Ittifoqo bir kuni poshsho kasal bo`lib, tabib aytib kelishni Afandiga buyurdi.
Afandi borib to`rt kishini boshlab keldi-da, poshshoga ta’zim qilib, faxr bilan dedi:
— Kamina qulingiz ham to`rt ishni bir yo`la bajarib keldi, mana!— Orqada turgan odamlarni ko`rsatdi.
— Men sizni tabibga yuborgan edim, bular kimlar, nima ish qilishadi?—so`radi poshsho g`azablanib.
— Taqsir, kasalsiz, issiq jonga ishonch yo`q. Bularning biri — tabib, sizni davolaydi, ikkinchisi sol, bordi-yu, o`lib qolgudek bo`lsangiz murdangizni yuvadi, uchinchisi — janozangizni o`qiydigan imom, to`rtinchi-si bo`lsa — go`rkov,— deb javob berdi Afandi.

Afandi xotini bilan koreys serialini ko`rib o`tirib:
— Xotin seni bugundan boshlab koreyscha ism bilan chaqiraman, - debdi.
Shunda afandining xotini:
— Boy, dadasi menga qanaqa koreyscha ism qo`ydingiz?
Afandi:
— Cenga Num-Yam degan ism qo`ydim xotin, - debdi.
Xotini:
— Dadasi chiroyli ism tanlabsiz menga. Ma’nosi nima? - desa.
— Teskari o`qib ko`r, - dermish.

Afandi bir kuni to`yga bordi. Uning yonida o`tirgan bir savdogar ochofatlik qilib yeganiga qanoatlanmay, dasturxondagi qand-qurslardan olib, cho`ntaklarini to`lg`azdi. Afandi buni ko`rib yonida turgan choynakni oldi-da, sekin uning cho`ntaklariga quya boshladi. Savdogar payqab qolib, jahl aralash Afandidan so`radi:
— Nega cho`ntagimga choy quyyapsiz?
— Cho`ntagingiz qand-qursni ko`p yeb chanqab qolgandir,— dedi Afandi.

Poshsho Afandini masxaralash maqsadida saroy ahlini yig`ib, farmoni oliy o`qidi:
— Biz bugundan boshlab Nasriddin Afandini eshak boshilik martabasiga muvofiq ko`rdik...
Afandi o`rnidan turib poshshoga ta’zim qildi va borib taxtdan ham yuqoriroq bir joyga borib o`tirdi.
— Ha, Afandi, — dedi poshsho,— nima uchun mendan ham yuqoriroqqa o`tirdingiz?
Afandi qo`lini ko`tarib dedi:
— Taqdirga tan bering, shohim! Men o`z vazifamni bajarishga kirishdim!

Afandi tepakal edi, sochini oldirib bo`lgach, sartaroshning qo`liga bitta teshik tanga berib ketayotgan edi, sartarosh:
— Afandi, bu tanga o`tmaydi, butunini bering,— dedi.
— Tanganing butunini boshimning tepasiga soch chiqqanida olasiz,—- dedi Afandi.