Latifa matni:
Afandi hokimning mahkamasida o`tirgan edi, bir o`g`rini tutib kelishdi. Hokim o`g`rini tanib baqirdi:
— Ablah, qanday benomus o`g`risan? Shu bilan mahkamamga sakkizinchi marta kelishing!
Buni eshitib Afandi kulib yubordi. Hokim Afandiga zahrini sochdi.
— Nega kulasiz? Afandi javob berdi:
— Mahkamangizga bu o`g`ri sakkiz marta kelgan bo`lsa nima qipti, har kuni keladigan o`g`rilar ham bor-ku!