Latifa matni:
Afandi savat ko`tarib bir boqqa o`g`irliqqa kirdi, har xil uzumlar bilan savatni to`latib turganda, bog`bon kelib yoqasidan bo`g`di:
— Nega boqqa kirding?!
Afandi undan balandroq keldi:
— Bo`lmasa nega xotiningga kavush olib bermading?
— Iye, ali desa, bali deydi-ya, bu odam. Xotinimning kavushi bilan sening nima ishing bor?
— Qiziq odam ekansan, gapni kavlasang, gap chiqadi, o`g`irliqqa kirdim deymi bo`lmasa!..