Latifa matni:
Poshsho Afandidan g`azablanib, «Ikkinchi yuzingni ko`rmayin!» dedi-da, uni saroydan haydab chiqardi.
Kunlarning birida u ko`chaga chiqqan edi, odamlarning ko`cha supurib, suv sepib, yo`lning ikki tomoniga tizilishib turganlarini ko`rdi.
— Nima gap? — ajablanib so`radi u.
— Poshsho o`tadi,— kimdir javob berdi.
Afandi odamlar qatorida turgan edi, poshsho kelib qoldi. U darhol poshshoga orqasini qilib turdi. Poshsho g`azablanib qichqirdi:
— Qanday odamsan, nimaga teskari turibsan!
— Ikkinchi betingni ko`rmayin degan edingiz, shohim betimni ko`rmasa, ketimni ko`rsin deb turibman,— javob berdi Afandi.