Podsho Afandiga ikki
Latifa matni:
Podsho Afandiga ikki yuzta qo`y berib, ta’kidladi:
— Shu qo`ylarning sonini kamaytirmay qo`zilatib, boqib berasan, — sut-qatig`i xizmatingga!
Afandi qo`ylarni haydab sahroga chiqib ketdi. Qarasa: poshsho uni aldab, sovliq emas, hammasiga qo`chqor bergan ekan. Afandi ham qo`ylarni bir chekkadan so`yib yeya berdi, Qo`ylar tugagach, podshoning muhlati ham tugadi. Afandi uyiga qaytib keldi, ammo o`rdaga bormadi.
G`azablangan podsho Afandining uyiga yasovul yuborgan edi, u: «Afandi tug`ib yotgan ekan» degan xabarni keltirdi.
Tutoqib ketgan podsho Afandining uyiga kelib chaqirgan edi, Afandining xotini bunday javob berdi:
— Afandi tug`ib yotibdilar, ishingiz bo`lsa aytib keta qoling, aylanay, o`zlari hech yerga chiqolmaydilar.
— Iya, er kishi ham tug`adimi? Bu qanday noma’qulchilik!— qichqirdi podsho.
podshoga javoban xotinining yonida turgan Afandi der edi:
— Taqsirimning qo`chqorlari tuqqanda, men tug`sam ajablanadigan joyi bormi?!
Ijtimoiy tarmoqlarda:Podsho Afandiga ikki yuzta qo`y berib, ta’kidladi: