Bir kuni afandi
Podsho bir kuni iyib ketib, Afandidan so`radi:
Afandi, bugun vaqtim chog`, senga biror narsa sovg`a qilgim kelyapti. Nima bersam ekan, a?
— Ximmatni o`zlariga bersin, shohim,— dedi Afandi,—qanday narsa bersangiz ham menga shahar bergandek bo`lasiz.
— Yaxshi,— dedi podsho,— men sanayman, sen ma’qul bo`lganini o`zing tanla: yuz tilla pul, to`pichoq ot, bir suruv qo`y, yaxshi bog`. Qaysi biri ma’qul?
—Agar ulug` shohim iltifot qilsalar, yuz tillani cho`ntagimga solib, otga minib, bir suruv bo`rdoqi qo`yni boqqa haydab kirib borsam. Sizning oliy ximmat Xotamtoyligingizga butun shahar qoyil qolar edi - dermish.
— Ishtahang karnayku, bordi-yu, hech narsa bermasamchi?
— Nima ham derdim,— ma’yus javob berdi Afandi, — unda o`zingizning podsho ekanligingizni isbot qilgan bo`lasiz.

Shahar hokimining tomog`iga suyak tiqilib, o`ladigan bo`lib qoldi. Qaratmagan tabibi qolmadi. Hech kim chora qilolmadi. Nihoyat Afandini eslashdi, unga odam yuborildi. Afandi o`zi kelmay bir parcha qog`ozga bir nima yozib yubordi.
Hokim qog`ozni ochib ko`rishi bilan bo`yni cho`zildi-yu, suyak — tomog`idan o`tib ketdi.
Odamlar hayron bo`lib, kog`ozga qanday duo yozilgan ekan deb qarashsa, Afandi:
— «Poraga kelgan qo`yning suyagi», deb yozgan ekan.

Podsho Afandiga buyurib qoldi:
— Bugun ta’bim tirriq. Endi o`zingdan ham qiziq, kuldiradigan odam topib kel!
Afandi «xo`p» deb chiqib ketdi. Bir ozdan keyin bir jinnini olib keldi. Jinni poyma-poy, almoyi-aljoyi gaplarni gapiraverib, podshoning battar ta’bini tirriq qildi. Uning g`azabi qo`zg`ab, mulozimiga buyurdi:
— Bor, jinniga yuz tayoq ur, jinni keltirganga ikki yuz tayoq ur!
— Ana xolos,— dedi Afandi xandon tashlab kularkan,— jinnining o`zi bitta edi, jinni keltirgan bilan ikkita bo`ldi, mana, ur degan bilan uchta bo`ldi.

Podsho bir kuni Afandi bilan zindonda yotganlarni tekshirishga bordi. Ikkalasi ularning gunohini surishtira boshlashdi. Qamoqda yotganlarning hammasi gunohsiz ekanliklarini, bu yerda nohaq yotganliklarini aytib, arz QILDI. Yolg`iz birgina kishi o`zining gunohkor ekanligiga iqror bo`ldi. Afandi podshoga qarab dedi:
— Podshohi olam, bu gunohkorni darhol zindondan chiqazib yuboring. Bo`lmasa boshqa gunohsizlarni buzib yuboradi, dermish.

Yozning issiq, dim kunlarining birida podsho Afandi bilan boqqa chiqdi. Pashshalar bet-qo`liga qo`na berganidan bezor bo`lgan podsho so`radi:
— Nega bu pashshalar faqat menga yopishadilar, sira sizga qo`nmaydi?
— Zehn qo`yib qarasinlar,— javob berdi Afandi, — pashshalarning hammasi o`z pashshangiz!

Afandi bog`chasiga o`tqazgan ko`chatlarini har kuni kech-qurun ko`chirib, uyiga olib kirib ketar edi. Bu ahvolni qo`shnilari ko`rib:
— Afandi, bu nima qilganingiz? - deyishdi.
— O`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma, - dedi Afandi.

Afandi charchab uzoq yo`ldan kelar edi. Yo`lda otliq ketayotgan mahalla ellikboshisiga ko`zi tushib qoldi va undan iltimos qildi:
— To`nimni olib ketmaysizmi?
— Mayli,— rozi bo`ldi ellikboshi,— qishloqqa borgach uni kimga berib qo`yishim kerak?
— To`nimning o`zi otdan tushib, uyni topib ketadi.
— Masxarabozlikni qo`ying, Afandi, hech jahonda to`n ham uyini topib keta oladimi?
— Axir, uning ichida o`zim bo`laman-da!— dedi Afandi.

Kechasi Afandining uyiga qopda buyum ko`targan ikki o`g`ri kirdi. Buni payqagan xotin Afandini asta turtib:
— Afandi, turing, uyga o`g`ri kirdi,— dedi. Afandi asta shivirladi:
— Jim yot, men uyg`oqman, ovozimizni eshitib, o`g`rilar qopini ko`tarib qochib qolmasin. Men qopdagi buyumni mo`ljallab turibman.

Afandi ko`za ko`tarib suvga ketayotgan o`g`lining yuziga bir tarsaki urib: «Ko`zani sindirma» dedi.
— Bu nimasi,— dedi xotini,— ko`zani sindirmasdan turib nega urasiz?
Afandi javob berdi:
— Sindirgandan keyin urishning nima foydasi bor, hozir ehtiyot shart-da.

Bir kuni Afandi yoz oyida palto telpak kiyib pensiya olgani kelibdi. Kassir hayron:
— Nega yozda telpak, palto kiyib oldiz?
Afandi:
— Bolam yanvar oyidagi pensiyamga keldim, - dermish