Afandi charchab uzoq
Latifa matni:
Afandi charchab uzoq yo`ldan kelar edi. Yo`lda otliq ketayotgan mahalla ellikboshisiga ko`zi tushib qoldi va undan iltimos qildi:
— To`nimni olib ketmaysizmi?
— Mayli,— rozi bo`ldi ellikboshi,— qishloqqa borgach uni kimga berib qo`yishim kerak?
— To`nimning o`zi otdan tushib, uyni topib ketadi.
— Masxarabozlikni qo`ying, Afandi, hech jahonda to`n ham uyini topib keta oladimi?
— Axir, uning ichida o`zim bo`laman-da!— dedi Afandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi charchab uzoq yo`ldan kelar edi. Yo`lda otliq ketayotgan mahalla ellikboshisiga ko`zi tushib qoldi va undan iltimos qildi: