Latifa matni:
Podsho bir kuni Afandi bilan zindonda yotganlarni tekshirishga bordi. Ikkalasi ularning gunohini surishtira boshlashdi. Qamoqda yotganlarning hammasi gunohsiz ekanliklarini, bu yerda nohaq yotganliklarini aytib, arz QILDI. Yolg`iz birgina kishi o`zining gunohkor ekanligiga iqror bo`ldi. Afandi podshoga qarab dedi:
— Podshohi olam, bu gunohkorni darhol zindondan chiqazib yuboring. Bo`lmasa boshqa gunohsizlarni buzib yuboradi, dermish.