Bir kuni afandi
Afandi Podsho bilan ovga chiqdi. Podsho bir kiyikni quvib borib otgan edi, o`qi xato ketdi. O`zini juda ham mergan deb, har doim maqtanib yurgan Podsho Afandining oldida xijolat bo`ldi-da, o`zini oqlay boshladi:
— Qara, Afandi, juda mug`ombir ov ko`rgan quv kiyik ekan, mening o`qimga chap berib ketdi-ya.
Afandi Podshoga taskin berib, aytdi:
— Agar kiyikning o`rnida yuzta odam bo`lsa ham bexato urgan bo`lar edingiz, kiyik ham ovmi!

— Yigit,— dedi Afandi qo`lida ishlaydigan xodimlardan biriga,— ustingdan shikoyat tushdi, seni ko`p xotinlikda ayblashibdi.
— Tuhmat, kim yozibdi? — ko`zini olaytirdi xodim.
— Xotining.
— Qaysi biri? — deb yuborganini bilmay qoldi xodim.

Bir kuni Afandi dadasiga:
— Dada 4 so`m bering, - debdi.
Dadasi:
— Bolam 3 so`mni nima qilasan? 2 so`m beray, deb 1 so`m berib qo`yibdi.

Afandi bir kuni kechasi qabriston yonidan o`tib ketayotgan edi, qarshidan bir to`da otliqlar chiqib qoldi. Afandi ularni o`g`ri gumon qilib, bir ochiq go`r ichiga kirib berkindi. Otliqlar buni payqab Afandini o`g`ri deb o`ylashdi, go`rning tepasiga kelib:
— Sen kimsan?—deyishdi.
— Murdaman,— dedi Afandi.
— Murda bo`lsang kechasi nima qilib yuribsan?
— Tomosha qilib yuribman.
— O`lik ham tomosha qilib yuradimi?
— Rost aytasizlar, men xato qilibman,— dedi Afandi va yana go`r ichiga kirib ketdi.

Bir kuni Afandi go`sht olib keldi. Xotini undan so`radi:
— Nima ovqat qilay?
— Bilmayman, bu qanaqa ovqatga yarasa, o`shani qila ber!
Xotini go`shtni qo`liga olar ekan suyunib:
— Qo`y go`shti yaxshi narsa-da, undan hamma narsani pishirish mumkin,— dedi.
— Unday bo`lsa,— dedi Afandi,— hamma narsani pishira ber!

Afandi bozor aylanib yurib, mevafurushlar rastasiga kirib qoldi, qarasa: o`rik qoqi, turli-tuman mayizlar, pista, bodom, nok, uzum va boshqa mevalar uyulib yotibdi-yu, sotuvchilari qimirlamay o`tirishibdi.
Afandi hassasining uchini bir boqqolning ko`zi oldiga olib bordi. Bundan cho`chigan boqqol:
— E badbaxt, qanaqa odamsan, ko`zimga tiqib olasan-ku, - dedi.
Afandi hamma eshitadigan qilib dedi:
— Axir, ko`zlaringiz bor ekan-ku, nega bu mevalardan yemay o`tiribsiz?

Afandining qo`shnisi to`y qildi, to`yga odamlarni xat orqali chaqirtirmoqchi bo`lib, taklifnomalarni tarqatib berishni Afandidan iltimos qildi. Afandi qo`shnisining iltimosini qaytara olmadi, shaharda takabburligi bilan tanilgan bir boynikiga ham qog`oz olib bordi.
Boy Afandidan taklif qog`ozi yuborilganiga g`ashi kelib, so`radi:
— Taklifnoma olib kelish uchun sendan ko`ra durustroq odam topilmadimi?
— Durustroq odamlar ham bor edi-yu,— dedi Afandi,— ammo ular durustroq odamlarnikiga xat olib ketdilar.

«Otello» spektakli tamom bo`lgandan keyin Afandiniig xotini juda ta’sirlanib:
— Avtori sahnaga chiqsin!—deb qichqirdi. Shunda Afandi uning tirsagidan tortib:
— O`tir joyingga, avtori o`tgan yili o`lgan,— dyedi.

Podsho ertalab ovga borar edi, ro`parasidan Afandi chiqib qoldi. Afandining ko`rinishi ancha hunuk bo`lganidan, podsho xodimlariga buyurdi:
— Ovning boshidan shunday badbashara odam uchradi, bugun ov yurishmaydi, olib bor zindonga sol buni, hali ovdan qaytganda gaplashaman bu bilan!
Olib borib Afandini zindonga tashladilar. Ammo shu kuni podshoning ovi juda yaxshi yurishdi. podsho ovdan qaytgach, Afandini chaqirtirib dedi:
— Agar bugun ovim yurishmaganda, seni o`ldirar edim, baxting bor ekan.
— Bir savol so`rasam maylimi?—dedi Afandi.
— So`ra!
— «Baxtsizlik keltiradi, ovim yurishmaydi» deb meni ertalab qamatdingiz, aksincha, ovingiz yurishib ketdi. Men ham bola-chaqamning shu bugungi tirikchiligi uchun bir parcha non topgani chiqqan edim, kechgacha zindonda yotib, tirikchilikdan qoldim, bola-chaqamning holi nima kechganini bilmayman. Qani, ayting-chi, ikkalamizdan qaysi birimiz baxtsizlik keltirar ekanmiz?

Podsho qalandar libosida yo`lda ketayotgan edi. Afandi bir daraxtning soyasida uxlab yotgan ekan. Podsho uni uyg`otdi.
— Ha, nima deysan?! Nega mening uyqumni buzding deb do`q qila boshladi Afandi.
— Birodar, sen yaxshi kishiga o`xshaysan, bir narsa so`ramoqchi edim, shuni aytib bergin.
— Xushomaddan Afandi erib ketib, hovridan tushdi:
— Qani, so`ra-chi, nima demoqchisan?
— Bu mamlakatning podshosi zolimmi, odilmi? Rostini ayt.
— E birodar, nimasini aytasan, u shunday qonxo`r, zolimki...— deb yomonlab ketuvdi, «qalandar» gapini bo`ldi:
— Meni taniysanmi?
— Yo`q.
— Men Podsho bo`laman.
Afandining badaniga titroq turdi, lekin sir boy bermadi:
— Meni taniysanmi?
— Yo`q.
— Men shu shaharning jinnilaridan bo`laman. Har oyda uch kun jinni bo`laman. Mana bugun jinniligim boshlangan kun.