Latifa matni:
Afandi ko`za ko`tarib suvga ketayotgan o`g`lining yuziga bir tarsaki urib: «Ko`zani sindirma» dedi.
— Bu nimasi,— dedi xotini,— ko`zani sindirmasdan turib nega urasiz?
Afandi javob berdi:
— Sindirgandan keyin urishning nima foydasi bor, hozir ehtiyot shart-da.