Podsho bir kuni iyib
Latifa matni:
Podsho bir kuni iyib ketib, Afandidan so`radi:
Afandi, bugun vaqtim chog`, senga biror narsa sovg`a qilgim kelyapti. Nima bersam ekan, a?
— Ximmatni o`zlariga bersin, shohim,— dedi Afandi,—qanday narsa bersangiz ham menga shahar bergandek bo`lasiz.
— Yaxshi,— dedi podsho,— men sanayman, sen ma’qul bo`lganini o`zing tanla: yuz tilla pul, to`pichoq ot, bir suruv qo`y, yaxshi bog`. Qaysi biri ma’qul?
—Agar ulug` shohim iltifot qilsalar, yuz tillani cho`ntagimga solib, otga minib, bir suruv bo`rdoqi qo`yni boqqa haydab kirib borsam. Sizning oliy ximmat Xotamtoyligingizga butun shahar qoyil qolar edi - dermish.
— Ishtahang karnayku, bordi-yu, hech narsa bermasamchi?
— Nima ham derdim,— ma’yus javob berdi Afandi, — unda o`zingizning podsho ekanligingizni isbot qilgan bo`lasiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Podsho bir kuni iyib ketib, Afandidan so`radi: