Latifa matni:
Kechasi Afandining uyiga qopda buyum ko`targan ikki o`g`ri kirdi. Buni payqagan xotin Afandini asta turtib:
— Afandi, turing, uyga o`g`ri kirdi,— dedi. Afandi asta shivirladi:
— Jim yot, men uyg`oqman, ovozimizni eshitib, o`g`rilar qopini ko`tarib qochib qolmasin. Men qopdagi buyumni mo`ljallab turibman.